16:10 / 27.12.2017
51527

Va nihoyat! OIVga qarshi samarali dori vositasi yaratildi

Foto: Global Look Press

Biologlar OIV (OITSni keltirib chiqaruvchi inson immun tanqisligi virusi)ga DNK hujayralarini qo‘shishga yordam beruvchi ferment faoliyatini bloklay oluvchi preparatni ishlab chiqishdi. 

Amerikalik olimlar 26 dekabr kuni shu haqidagi xabar bilan bo‘lishishdi. 

Biologlar fermentni qisman bloklagan dorilarning asosiy tarkibini o‘zgartirib, kerakli moddani topishdi.

Ta'kidlash joizki, modda sichqonlarda muvaffaqiyatli sinovdan o‘tdi.

1 dekabr kuni BMT bosh kotibi Antoniu Gutterish 2030 yilga borib, OITS epidemiyasi ustidan g‘alaba qozonish mumkinligini aytdi. U shuningdek OITS va boshqa OIV-infeksiyalar natijasidagi o‘lim holatlari dunyo miqyosida sekin-asta kamayayotgani, lekin qator mintaqalarda bu kasallikka chalinish va o‘lim holatlari ko‘rsatkichlari oshganini qayd etgan. Antoniu Guterrish mamlakatlarni boshlangan ishni tugatishga va OITS epidemiyasini o‘tmishda qoldirishga chaqirdi. 

Top