Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«35 barobarga». Tramp IShID jangarilari haqida yangi bayonot bilan chiqdi
Foto: Reuters
AQSh prezidenti Donald Tramp Suriya va Iroqdagi IShID terrorchilik guruhi jangarilari soni 35 mingdan 1 ming kishiga qadar kamaygani haqidagi xabarlarni o‘z prezidentligi bilan bog‘ladi. Bu haqda u tvitterdagi sahifasida yozgan.
«20 yanvar kuni – Tramp inauguratsiyasi kuni – IShIDning taxminan 35 ming jangarisi Suriya va Iroq hududida deyarli 17,5 ming kv.milni (taxminan 45 ming kv.m.) egallab turgandi. 21 dekabr kungi holatga ko‘ra, AQSh harbiy tizimi 1 mingga yaqin jangari qolgani hamda ular taxminan 1900 kv.milni (deyarli 5000 kvadrat kilometr) nazorat qilayotganini qayd etdi», - deya yozgan Tramp. Shuningdek, u Washington Examiner’da e'lon qilingan maqolaning bir parchasini ham keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp 2018 yil Amerika kompaniyalari hamda fond bozori uchun juda muvaffaqiyatli bo‘lishi haqida ma'lum qilgandi.