Jahon | 00:01 / 28.12.2017
34177
2 daqiqa o‘qiladi

AQShda 5 kishili oila suyuq azotda muzlatib qo‘yiladi

Foto: mirror

AQShning krionika instituti notijorat tashkiloti prezidenti Dennis Kovalskining rafiqasi va uch farzandi vafotlaridan keyin suyuq azotda muzlatib qo‘yiladi. Bu haqda Daily Mirror nashri xabar bermoqda

Ta'kidlanishicha, ularning jasadlari Michigandagi institutning bosh binosida saqlanadi. Mutaxassislar ulardagi qonni tibbiy antifriz bilan almashtirib, jasadlarini suyuq azotli kriostatga tushiradilar.

Kovalski bunday usulda jasadlari saqlanib qolgan odamlarni kelajakda hayotga qaytarish yo‘li topilishiga umid qilmoqda.

Jarayon narxi 28 ming dollarni tashkil qiladi. Krionika institutida 160 ta muzlatilgan jasad, shuningdek to‘qimalarning mingga yaqin namunalari va yuzlab uy hayvonlari jasadlari saqlanmoqda. Bundan tashqari, 2 mingdan ko‘proq odam bu xizmat uchun pul to‘lab qo‘ygan.

Kovalskining o‘g‘illari

Kovalskining o‘zi bu amaliyotga 20 yil avval yozilib qo‘ygan, endi uning oilasi ham unga qo‘shiladi. “Mening o‘g‘illarim hali yosh. Biroq hayotda har qanday hodisa yuz berishi mumkin. Hech qachon bilmaysan”, deb aytmoqda Kovalski.

Krionika institutida ta'kidlanishicha, jasadlar 196 daraja sovuqqacha muzlatiladi. Bunday haroratda inson tanasi irimaydi.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid