Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Inqilob onasi» - KXDRda Kim Chen Inning buvisi yuz yilligi keng nishonlandi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In o‘z buvisi Kim Chen Sukning yuz yilligi munosabati bilan katta tantanali tadbirlarni uyushtirdi. Minglab odamlar uning xotirasini yodga olish uchun maydonda yig‘ilishgan. Tantanali tadbirlar yakunida “inqilob onasi”ning haykali poyiga juda dabdabali gulchambarlar qo‘yildi.
Kim Chen Suk KXDR asoschisi Kim Ir Senning birinchi rafiqasi va mamlakatning bo‘lajak rahbari Kim Chen Irning onasi bo‘lgan
U Shimoliy Koreya mustaqilligining qat'iy tarafdori, kommunistik arbob bo‘lgan. 1936 yildan u Xalq armiyasi safida xizmat olib borgan
1940 yilda qiz Kim Ir Senga turmushga chiqqan. 1949 yilning 22 sentabrida tug‘ruq paytida vafot etgan, o‘shanda u 31 yoshda edi
Mamlakatda KXDR yetakchisining buvisi “yaponlarga qarshi urush qahramoni, yo‘lboshchiga sodiqlikning buyuk namunasi va buyuk “inqilob onasi” hisoblanadi
Kim Chen Suk obrazi aksariyat holatlarda siyosiy targ‘ibot maqsadida foydalaniladi
24 dekabr kuni “inqilob onasi”ning tavallud topganiga yuz yil to‘ldi. KXDR yetakchisi shu munosabat bilan katta tantanali tadbirlarni tashkil etdi
Minglab odamlar unga qo‘yilgan haykal yonida yig‘ilishdi. Ular yo‘lboshchi buvisini raqslar va qo‘shiqlar bilan ko‘klarga ko‘tarishdi
Tantanali tadbirlar yakunida yuqori lavozimni egallab turgan erkaklar haykal poyiga gulchambarlar qo‘yishdi
Mavzuga oid
10:20 / 30.03.2026
KXDR AQShga yetib bora oladigan raketalar ustida ishlayapti
08:55 / 26.03.2026
Lukashenko ilk bor KXDRga tashrif buyurdi
23:21 / 24.03.2026
KXDR Konstitutsiyasi o‘zgartirildi – uning nomidan «sotsialistik» so‘zi olib tashlandi
12:45 / 23.03.2026