Obama eng tahsinga sazovor kishilar ro‘yxatida Trampni ortda qoldirdi

Foto: Reuters
AQShning sobiq prezidenti Barak Obama amerikaliklar tomonidan 2017 yilning eng tahsinga sazovor erkagi deb topildi. Ayollar orasida bu nomga sobiq davlat kotibi Hillari Klinton loyiq topildi. Bundan jamoatchilik fikrini o‘rganish maqsadida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari darak bermoqda.
Obama bu nomga qatorasiga 10-marotaba loyiq deb topilmoqda. Biroq u 2016 yilga nisbatan 5 foiz qo‘llab-quvvatlovni yo‘qotgan, 2016 yilda unga 22 foiz odam ovoz bergandi, hozirda esa bu ko‘rsatkich 17 foizni tashkil qildi. 2-o‘rinni AQShning amaldagi prezidenti Donald Tramp 14 foiz ovoz bilan egallamoqda. 3-o‘rin Rim papasi Frantsiskga nasib qildi, unga 3 foiz ovoz berilgan.
Umuman olganda, bu borada erkaklar orasida rekordchi AQShning 34-prezidenti Duayt Eyzenxauer hisoblanadi, u 1946 yildan beri o‘tkazib kelinadigan bu ro‘yxatda 12 marta yetakchilik qilgan.
Hillari Klinton bu ro‘yxatning ayollar qismida qatorasiga 16 yildan beri yetakchilik qilmoqda, unga 9 foiz ovoz berilgan. Umuman olganda Klinton bu borada ayollar orasida rekordchi hisoblanadi, u 22 marta ro‘yxatning eng yuqori pog‘onasini egallagan. Uning ortidan Mishel Obama 7 foiz ovoz bilan kelmoqda. Trampning rafiqasi Melanya Trampga 1 foiz ovoz berilgan.
Ushbu an'anaviy so‘rovnoma Gellap instituti tomondan 4-11 dekabr kunlari o‘tkazilgan, unda 1049 kishi ishtirok etgan.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Uzbekistan Airways Toshkent-Jidda reyslarida Umra vizasiga ega yo‘lovchilarni qabul qilishni to‘xtatdi
O‘zbekiston | 01:01
-
Donald Tramp Rossiya-Ukraina urushida Bayden, Zelenskiy va Putinni aybladi
Jahon | 00:35
-
KXDRda mamlakat tarixidagi eng katta harbiy kemani qurish boshlandi
Jahon | 00:15
-
Pfizer nojo‘ya ta’sirlar tufayli semirishga qarshi dori ishlab chiqishni to‘xtatadi
Jahon | 23:23 / 14.04.2025
Mavzuga oid

09:59 / 07.11.2024
Sobiq prezident Obama Trampni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi

15:50 / 21.08.2024
«Bu kinoni oldin ham ko‘rganmiz». Obama Trampning ikkinchi muddati xavfidan ogohlantirdi

14:59 / 26.07.2024
Barak Obama saylovda Kamala Harrisni qo‘llashini ma’lum qildi

09:34 / 19.07.2024