Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“O‘zstandart”ning Samarqand markazi “Tadbirkorga madadkormiz” loyihasini amalga oshirmoqda
Qayd etish joizki, muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev boshchiligida mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar negzida kichik biznes, xususiy tadbirkorlik sub'yektlari va fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish, eksport salohiyatini yanada kengaytirish, ularga zamonaviy, chet el bozorlarida raqobatdosh mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirishda va uni eksportga chiqarishda zarur huquqiy, moliyaviy va tashkiliy yordam ko‘rsatish, mamlakatimizning eksport qiluvchi tadbirkorlarini tashqi bozor kon'yunkturasi o‘zgarishlari xavf-xatarlaridan ishonchli himoya qilish har tomonlama mustahkamlab qo‘yildi.
Tadbirkorlik sub'yektlari va ishbilarmonlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ularga o‘zaro hamkorlikda amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan “O‘zstandart” agentliging “Samarqand sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi tashabbusi bilan Samarqand viloyati Standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi, Bojxona boshqarmasi, Sanitariya-epidemologiya nazorati markazi, Savdo-sanoat palatasi viloyat boshqarmasi, O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi, Veterenariya boshqarmasi, “Samarqandekspertiza” sho‘ba korxonasi va viloyat teleradiokompaniyasi o‘rtasida joriy yilning 25 dekabr kuni Memorandum imzolandi.
Ushbu imzolangan Memorandumning asosiy maqsadlaridan biri O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining quyidagi Qaror va Farmonlari ijrosini so‘zsiz ta'minlashda o‘zaro tizimli hamkorlik aloqalarini yanada chuqurroq o‘rnatish va tadbirkorlik sub'yektlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va tezligini oshirish etib belgilandi.
Xususan:
- Tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada liberallashtirish, eksport qilinadigan yangi meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz, dukkakli ekinlar, shuningdek, quritilgan sabzavot va mevalarning hajmini ko‘paytirish va turlarini kengaytirish uchun qulay shart-sharoit yaratish, mahalliy meva-sabzavot mahsulotlarining jahon bozorlarida raqobatbardoshligini oshirish maqsadida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 6 noyabrdagi PQ-3377-son Qarori;
- Tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada liberallashtirish, eksportga mahsulot yetkazib berishni ko‘paytirishni rag‘batlantirish, mahalliy eksport qiluvchi tashkilotlarning raqobatdoshligini va moliyaviy barqarorligini oshirish, ortiqcha va eskirgan ruxsat berish tartibotlarini bekor qilish orqali ishbilarmonlik muhitini takomillashtirish maqsadida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 iyundagi PQ-3077-son Qarori;
- Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishini ta'minlash, xususiy mulkni himoya qilish va uning daxlsizligi kafolatlarining huquqiy mexanizmlarini yanada mustahkamlash, tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, respublikada investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash maqsadida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 05 oktabrdagi PF-4848-son Farmoni;
- 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni ijrosini ta'minlash.
Memorandum doirasida tomonlar (memorandumni imzolagan tashkilotlar) tovarning kelib chiqish sertifikatini, veterinariya, fitosanitariya, sanitariya-epidemiologik xulosalarni va muvofiqlik sertifikatlarini rasmiylashtirishda tadbirkorlik sub'yektlariga ruxsat beruvchi tartib-taomillardan o‘tish jarayonini interaktiv kuzatish imkonini beradigan «Yagona darcha» idoralararo axborot tizimiga kirish orqali yanada jadallashtirish nazarda tutilmoqda.
Tadbirkorlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarni tezkorligi hamda sifatliligini ta'minlash maqsadida mazkur memorandumni tuzuvchilar ishtirokida “Tadbirkorga madadkormiz” klubini tashkil etish ham rejalashtirilmoqda.
“Tadbirkorga madadkormiz” klubi yagona internet saytini yaratish va unga tegishli barcha axborot resurslarini joylashtirish shuningdek, onlayn murojaatlarni qabul qilish va ishonch telefonlariga onlayn ulanish tizimini ishga tushirish ko‘zda tutilmoqda.
Shuningdek, “Tadbirkorga madadkormiz” klubi ishtirokchilari tomonidan konfrentsiyalar, seminar-uchrashuvlar, sayyor qabullar, matbuot anjumanlari, trening kurslar, davra suhbatlari va ommaviy axborot vositalari orqali tanqidiy-tahliliy ko‘rsatuvlar tayyorlash va to‘g‘ridan –to‘g‘ri efir orqali savol-javoblar o‘tkazish davriy ravishda amalga oshirib boriladi.
Bir so‘z bilan aytganda, bugungi kunda davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilayotgan ustuvor vazifalar ijrosini ta'minlash, tez o‘zgarib borayotgan zamon talablariga moslashish va eng asosiysi tadbirkorlar, ishbilarmonlar va xalqimizga ishonchli, sifatli va xavfsiz xizmat ko‘rsatish – bosh maqsadimizdir!
Mavzuga oid
17:10 / 12.08.2025
Yuk tashuvchilar dodi: rasmiylarning xatosi tovonini tadbirkorlar to‘laydimi?
15:23 / 04.04.2024
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbariga o‘rinbosarlar tayinlandi
19:45 / 15.04.2021
Inson salomatligi uchun xavfli deb topilgan sariyog‘ importiga taqiq qo‘yildi
23:00 / 31.03.2021