Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya AQSh bilan erkin savdo to‘g‘risidagi bitimni qayta ko‘rib chiqmoqchi
Seul va Vashington 2012 yilgi erkin savdo to‘g‘risidagi bitimni qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha muzokaralar boshlash niyatida. Bu haqda «Ryonxap» Janubiy Koreya Sanoat va savdo vazirligiga tayangan holda xabar bermoqda.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, muzokaralarning birinchi raundi Vashingtonda 5 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.
«Biz rejalashtirilayotgan muzokaralarga o‘zimiz uchun muhim bo‘lgan masalalar kiritilishiga erishmoqchimiz, bu o‘zaro aloqalar va manfaatlar muvozanatiga erishish uchun kerak», - deya ta'kidlab o‘tishgan Janubiy Koreya diplomatik idorasidan.
Pentagon oktabr oyida AQSh va Janubiy Koreya hukumati KXDR tomonidan kelayotgan yadro tahdidining oldini olish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishi haqida ma'lum qilgandi. Biroq, shu bilan birga, mojaroga tinch yo‘l bilan yechim topish uchun diplomatik sa'y-harakatlarni ko‘rishda davom etishadi.
Mavzuga oid
10:56
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
08:50
Janubiy Koreya va AQShga noqonuniy migratsiya tashkil etmoqchi bo‘lganlar ushlandi
22:16 / 10.07.2026
Tramp o‘zi o‘ldirilgan taqdirda Eronni «bombalab tashlashni» buyurdi
11:07 / 10.07.2026