Jahon | 14:23 / 29.12.2017
10461
1 daqiqa o‘qiladi

IShIDga «ov» davom etadi. Turkiyada ommaviy hibsga olishlar ro‘y berdi 

Foto: AP

Turkiya politsiyasi Anqaradagi terrorchilikka qarshi amaliyot davomida IShID terrorchilik guruhiga aloqadorlikda gumonlangan 29 kishini qo‘lga oldi. Ularning bir qismi yangi yilga mo‘ljallangan tadbirlar vaqtida teraktlar amalga oshirish uchun tayyorgarlik ko‘rgan, deb xabar bermoqda Anadolu agentligi huquqni muhofaza qilish organlaridagi manbaga tayangan holda.

Ta'kidlanishicha, amaliyotda taxminan 500 nafar politsiyachi ishtirok etgan. Qo‘lga olinganlarning aksariyati xorijiy fuqarolar sanaladi. Prokuratura hammasi bo‘lib 46 kishini hibsga olish uchun order berdi.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Turkiyaning turli viloyatlarida 120 kishi IShID bilan aloqadorlikda gumonlanib ushlangandi. Bu yangi yil bayrami oldidan xavfsizlik choralari kuchaytirilishi doirasida ro‘y berdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid