Jamiyat | 18:50 / 30.12.2017
13445
1 daqiqa o‘qiladi

Gruziyadan Gretsiyaga uchib ketayotgan samolyotni yashin urdi

Illyustrativ foto

Gruziyaning Kutaisi shahridan Gretsiyaning Salonikisiga parvoz qilgan samolyot Bolgariya poytaxti Sofiya shahri aeroportiga qo‘nishga majbur bo‘ldi. Bunga havo kemasiga yashin urgani sabab bo‘lgan, deb xabar qilmoqda Rustavi 2 telekanali.

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, bortda taxminan 170 yo‘lovchi va ekipaj a'zolari bo‘lgan.

Ta'kidlanishicha, ulardan hech kim jabrlanmadi.

Ayni damda havo kemasini tekshirish ishlari olib borilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid