Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoydagi savdo markazida Trampni eslatuvchi it haykali o‘rnatildi
Xitoyning Tayyuan shahridagi Walk Mall savdo markazida Yangi yil arafasida AQSh prezidenti Donald Trampni eslatib yuboruvchi it haykali o‘rnatildi. Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda.
Haykal markaziy zalda o‘rnatilgan, u xo‘mraygan va ko‘rsatkich barmog‘ini yuqoriga qilib turgan holda ishlangan. Unda Trampga xos bo‘lgan soch turmagi ham bor.
Savdo markazi xodimlaridan biri bunga izoh berib, yaqinlashib kelayotgan 2018 yil – it yili bilan bog‘liq holda amalga oshirilgan marketing yurishdan bo‘lak narsa emasligini aytgan. Uning aytishicha, Tramp bilan o‘xshashlik bo‘lishi ko‘zda tutilmagan.
“Bu shunchaki mijozlar suratga tushishlari mumkin bo‘lgan yoqimtoy it haykali”, deb aytgan xodim.
Mavzuga oid
20:44 / 24.06.2026
Xitoyning LineShine superkompyuteri dunyodagi eng kuchli deb topildi
11:22 / 23.06.2026
UzXCMG davlat ulushini sotish bo‘yicha Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlik qilinadi
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
20:41 / 17.06.2026