Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon rahbari Ukrainadagi amerikalik harbiylar haqida bayonot berdi
Pentagon rahbari Jyeyms Mettisning ma'lum qilishicha, AQSh Ukrainadagi amerikalik harbiy xizmatchilar roli va sonini o‘zgartirmaydi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
«Bizda yo‘riqchilarning ma'lum bir soni bor, ular Ukraina armiyasiga NATO standartlari bo‘yicha tayyorgarlik ko‘rishda yordam beradi. Amerikalik harbiylarning roli esa avvalgidek bo‘lib qoladi», - deya aytib o‘tdi Mettis.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Pentagonda «sonni o‘zgartirish bo‘yicha hech qanday rejalar yo‘q».
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Xavfsizlik xizmati rahbari Vasiliy Gritsak Rossiya bilan chegarada biometrik nazorat tizimini joriy qilish Ukraina milliy xavfsizligini mustahkamlashga yordam berishi va rus maxsus xizmatlari xodimlarining ishini qiyinlashtirishi haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
10:10
MRB rahbari: Ukrainadagi frontga kelgan rossiyalik yangi askar o‘rtacha 20–30 daqiqa yashaydi
21:37 / 16.07.2026
Sergey Koretskiy Ukrainaning yangi bosh vaziri etib tayinlandi
20:14 / 16.07.2026
Zelenskiy yana mudofaa vazirini almashtirmoqda. Bu namoyishlarga sabab bo‘ldi
09:06 / 16.07.2026