Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistonida yana ikki shahzoda ozodlikka chiqarildi
Foto: RIA "Novosti"
Saudiya Arabistonining marhum qiroli Abdulloh bin Abdulaziz Ol Saudning korrupsiya ishi bo‘yicha hibsga olingan ikki o‘g‘li – Faysal bin Abdulloh va Mash'al bin Abdulloh ozodlikka chiqarildi. Bu haqda The National nashri xabar bermoqda.
O‘tgan haftada hibsda ushlab turilgan 200 dan ko‘proq kishidan 23 nafari ozod qilingani ma'lum qilingandi. Barcha ozod qilinganlar sud bilan bitim tuzishga rozi bo‘lishgan.
OAV ma'lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtda faqatgina Turki bin Abdulloh hibsda ushlab turilibdi. Aka-ukalardan yana biri – Mitob bin Abdulloh noyabrda qo‘yib yuborilgan.
Noyabr boshida Saudiya Arabistonining korrupsiyaga qarshi kurash qo‘mitasi qirollik oilasidan 11 shahzodani va amaldagi hukumatdan 4 vazirni hibsga olishga ko‘rsatma bergan. Tergov davomida 320 kishi so‘roq qilingan, 2 mingdan ko‘proq bank hisob raqami muzlatib qo‘yilgan.
Mavzuga oid
21:23 / 10.03.2026
Umra safarlari qayta yo‘lga qo‘yilmoqda
10:50 / 09.03.2026
AQSh Davlat departamenti diplomatlarga Saudiyani tark etishni buyurdi
09:46 / 09.03.2026
Qatardagi o‘zbekistonliklar Saudiya orqali evakuatsiya qilindi
10:31 / 07.03.2026