18:40 / 30.12.2017
20830

O‘zbekiston musulmonlari idorasi «Sarhisob» tanlovi g‘oliblarini e'lon qildi

Joriy yilning 30 dekabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasida har yili an'anaviy tarzda o‘tkazib kelinadigan «Sarhisob» tanlovining Respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi. Diniy-ma'rifiy sohada yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni keng targ‘ib etish, tinchlik va osoyishtalikni qadrlash, Islom dini ta'limotlarini tarqatish va turli tahdidlardan himoya qilish, xalqimiz, ayniqsa, o‘sib kelayotgan yosh avlodni to‘g‘ri tarbiya qilishda faollik ko‘rsatgan ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash va munosib rag‘batlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi va Toshkent islom universiteti hamkorligida o‘tkazilib kelinadi. 

Bu yil ham ushbu tadbir o‘tkazildi va unda matbuot, televideniye, radio va internet yo‘nalishlarida eng yaxshi deb topilgan ijodiy ishlarning mualliflari hamda ushbu yo‘nalishda alohida namuna ko‘rsatgan targ‘ibotchilar maxsus diplom va qimmatbaho mukofotlar bilan taqdirlandilar.

“Sarhisob – 2017” g‘oliblari:
Matbuot yo‘nalishi bo‘yicha:

1-o‘rin Odilxon Ismoilov (Toshkent shahar «Shayx Zayniddin» masjidi imom-xatibi);
2-o‘rin Muhtarama Ulug‘ova (“Movarounnahr” nashriyoti muharriri);
3-o‘rin Jahongir Jo‘rayev (Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xodimi).

Televideniye yo‘nalishi bo‘yicha:
1-o‘rin
Shuhrat Hayitov (“O‘zbekiston” telekanali “Madaniy-ma'rifiy va badiiy dam olish dasturlar” bosh muharririyatining bosh muharriri);
2-o‘rin Uyg‘un G‘ofurov (Toshkent islom instituti rektori);
3-o‘rin  Ilhom Ma'rupov (“Movarounnahr” nashriyoti muharriri);

Internet yo‘nalishi bo‘yicha:
1-o‘rin
Rahmatulla Sayfuddinov (Toshkent shahridagi “Mirza Yusuf” jome masjidi imom-xatibi);
2-o‘rin Olimxon Yusupov (Samarqand viloyati “Maxdumi A'zam” jome masjidi imom-xatibi);
3-o‘rin Zoir Sidiqov (Toshkent shahar vakilligi xodimi).
 
Radio yo‘nalishi bo‘yicha:
1-o‘rin
Shamsiddin Bauatdinov (Qoraqalpog‘iston Respublikasi musulmonlari qoziyoti qozisi);
2-o‘rin Xayrullo Turmatov (Toshkent viloyati bosh imom-xatibi);
3-o‘rin Farhod Abdullayev («Ziyo» media markazi vakili).
 
Yilning eng faol targ‘ibotchisi:
1-o‘rin
Rahimberdi Rahmonov (diniy idora Masjidlar bo‘limi mudiri);
2-o‘rin Nozima Ibragimova (“Xadichai Kubro” bilim yurti mudirasi);
3-o‘rin Damin Jumaqulov (“Movarounnahr” nashriyoti muharriri).

Mavzuga oid
Top