Texnologiya | 10:00 / 31.12.2017
16197
2 daqiqa o‘qiladi

2017 yilning eng xaridorgir gadjyetlari beshtaligi e'lon qilindi

GBH Insights tahlilchisi Daniel Ayvs USA Today nashri uchun 2017 yildagi eng xaridorgir gadjyetlar reytingini tuzdi. Reytingga ko‘ra, 2017 yilda eng ko‘p sotilgan xaytek-mahsulot iPhone modellari bo‘ldi.

Foto: Apple

2016 yilda Apple 211 miilionta iPhone sotishga muvaffaq bo‘lgan. Yakunlanayotgan yilda esa bu raqam 233 milliontaga yetishi mumkin. 2-o‘rinni Galaxy S8 va Note8’dan 33 mln dona sotgan Samsung egallamoqda. Tahlilchi Apple’ning premial modellari hisoblanuvchi barcha gadjyetlari va Samsung’ning bor-yo‘g‘i ikkita mahsuloti sotilishini hisobga olgan. Savdodan qaytarib olingan Galaxy Note 7 fableti Samsung’ning natijalariga salbiy ta'sir ko‘rsatgan.

Foto: Samsung

Mutaxassis 3-o‘rinni Amazon Echo Dot karnaylariga berdi, bu qurilmadan 24 mln dona sotilgan. Savdolar hajmi o‘sishi qurilma narxining 49,99 dollardan 29,99 dollargacha arzonlashishiga olib kelgan. 

Foto: Amazon Echo Dot

Yetakchi beshtalikning 4-o‘rnini Apple Watch “aqlli” soatlari egalladi. Yil davomida bu qurilmadan 20 mln dona sotilgan. 5-o‘rindan esa Nintendo Switch o‘yin pristavkasi o‘rin oldi. Bu qurilmadan 2017 yilda 15 mln dona sotilgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid