Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namoyishlar tufayli Eron parlamenti shoshilinch yig‘ilish o‘tkazadi
Eron parlamenti (Majlis) 1 yanvar kuni shoshilinch yig‘ilish o‘tkazadi. Bunga mamlakat bo‘ylab boshlanib ketgan norozilik namoyishlari sabab bo‘lmoqda. Bu haqda parlamentning milliy xavfsizlik va tashqi siyosat bo‘yicha komissiyasi raisi Kamol Dehqon Firuzobodiy ma'lum qildi.
«Eronning bir qancha shaharlarida yuzaga kelgan vaziyat munosabati bilan tegishli shaxslar ishtirokida uchrashuv o‘tkaziladi», deya uning so‘zlarini keltirgan IRNA agentligi.
Firuzobodiyning so‘zlariga ko‘ra, deputatlar «bunday holatlarning oldini olish»ni muhokama qilishi kerak.
Bundan avvalroq Luriston viloyati gubernatori Habibulloh Xo‘jastepur shanba kuni Do‘rud shahrida ruxsat etilmagan aksiyalar o‘tkazilishi vaqtida ikki kishi halok bo‘lganini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, politsiyachilar namoyishchilarga o‘q uzmagan, ular orasida odamlar halok bo‘lishiga «xorijiy josuslar» aybdor.
Al Jazeera telekanali ma'lumotiga ko‘ra, norozilik aksiyalari mamlakatning aholi soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turuvchi shahri bo‘lmish Mashhadda boshlangandi. Manifestatsiya ishtirokchilari narxlar haddan tashqari o‘sishi tufayli ko‘chalarga chiqishdi. Keyinroq bu namoyishlar mamlakatning boshqa shaharlariga yoyildi.
Mavzuga oid
00:49
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
09:45 / 13.06.2026
Eronning milliardlab dollarlik mablag‘lari atrofida bahs kuchaydi
09:05 / 13.06.2026
Pokiston: AQSh va Eron kelishuv matni bo‘yicha kelishib oldi
20:03 / 12.06.2026