Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
ShHTning yanada yaqinlashishiga qaratilgan 2-Kunmin marafoniga start berildi
Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) bosh kotibi Rashid Alimov 31 dekabrda tashkilot a'zolarining birdamligini ifodalovchi Kunmin Xalqaro marafoniga start berdi. Musobaqalar Xitoyning Kunmin shahrida, Dyanchi ko‘li bo‘yida o‘tmoqda.
Alimov musobaqalar shiori – “Inoqroq! Yaqinroq! Uyushqoqroq!” so‘zlarini xitoychada aytgach, Xitoy rahbariyati vakillari bilan birga sport to‘pponchalaridan havoga o‘q uzib, marafonga start berdi. Shundan keyin ular birgalikda “marafon milyasi” – katta ko‘lamli musobaqaning boshlanishini anglatuvchi 100 metrlik masofani yugurib o‘tishdi.
“Menda uchta tuyg‘u jo‘sh urmoqda: birinchisi – shuncha davlatdan minglab odamlar, turli din, madaniyat va millatlar vakillari bir qudratli daryoga birlashishini ko‘rganda, odamlarning birdamligi uchun quvonch va baxt tuyg‘usi. Marafon bu nafaqat sport musobaqasi, balki do‘stning yelkasini his qilishga, birgalikda yaratuvchanlik yo‘lidan yurishga chorlovdir”, deb aytdi Alimov. Uning ta'kidlashicha, unda paydo bo‘lgan yana bir tuyg‘u – marafonning ulkanligi, jipslashtiruvchi xarakterga egaligidan quvonch tuyg‘usi. “Bu ShHT doirasidagi eng tomoshabop, jalb qiluvchi va his-hayajonli tadbirdir. Uning muqobillari yo‘q. Uchinchi tuyg‘u, bu tadbirni ShHTga a'zo davlatlar ishtirokisiz o‘tkazib bo‘lmasdi, vaholanki u tashkilot sarhadlaridan ham oshadi”, deb ta'kidlab o‘tdi ShHT bosh kotibi.
Ikkinchi marta o‘tayotgan Kunmin marafonida 27 davlatdan, jumladan, O‘zbekiston, Avstraliya, Belarus, Hindiston, Kamboja, Kanada, Keniya, Qirg‘iziston, Myanma, Nepal, Pokiston, Polsha, Shri-Lanka, AQSh, Tojikiston, Tailand, Turkiya, Ukraina, Germaniya, Efiopiyadan 14 mingdan ko‘proq odam ishtirok etmoqda. Tadbir doirasida 42, 21, 7 va 2,6 km.lik masofalarga yugurish musobaqalari bo‘lib o‘tadi. Ushbu sport tadbiri ShHT safida integratsion jarayonlarning kuchayishi va birlashishga olib kelishi, madaniy-gumanitar rivojlanishga turtki beruvchi ta'sir ko‘rsatishi, tashkilotning xalqaro maydondagi ta'siri kuchayishiga ko‘mak berishi kutilmoqda.
Marafon dengiz sathidan 1,8 ming metr balandlikda, Dyanchi ko‘li yaqinida o‘tadi. Musobaqa tashkilotchilarining ma'lum qilishicha, ishtirokchilardan eng kattasining yoshi 84 da, eng kichigi bor-yo‘g‘i 2 oylik. G‘oliblarga 20 ming yuan (3 ming dollar) miqdorida mukofot puli beriladi.
ShHTning 1-marafoni 2016 yil 17 dekabrda shu shaharning o‘zida o‘tgan va ShHT tashkil topganining 15 yilligiga bag‘ishlangan. Unda 15 mingdan ko‘proq odam ishtirok etgandi.
O‘shanda erkaklar orasida efiopiyalik yengil atletikachi Tilaxun Ayyele Tariku, ayollar o‘rtasida esa keniyalik sportchi Roda Tanui g‘olib bo‘lgandilar.
Mavzuga oid
20:21 / 10.07.2026
«Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishi faol bosqichga o‘tdi
17:52 / 10.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Xitoydagi fojiali hodisalar yuzasidan Si Jinpingga hamdardlik yo‘lladi
17:31 / 10.07.2026
Xitoy muvaffaqiyatli raketa parvozidan keyin uning busterini qaytarib oldi
11:50 / 10.07.2026