28 dekabrda Eron şaharlaridan birida tuxum narxining keskin oşişiga qarşi boşlangan noroziliklar 29 dekabrda butun mamlakatga yoyilib, siyosiy tus oldi va 4 kundirki ommaviy namoyişlar davom etmoqda.

Eronda vaziyat qay ahvolda?

Foto: AP

Reuters’ga köra, mamlakat şimolidagi Maşhad şahrida köçalarga çiqqan fuqarolar mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatdan norozilik bildirişmoqda. Mamlakatda işsizlik darajasi ortgan, inflyatsiya kuçaygan va ayrim mahsulotlar taqçilligi kuzatilmoqda.

Davlat naşrlari xabarlariga köra, mamlakatdagi 1200 dan ortiq aholi punktlarida norozilik aksiyalari qayd etilgan.

Mamlakatning Rişt, Şeroz, Isfahon, Kirmonşoh va Hamadon şaharlarida yirik namoyişlar ötgani haqida ma'lumotlar berilgan. Maşhadda ötgan eng yirik namoyişda 52 kişi hibsga olingan.

Foto: AFP

Politsiya bunday aksiyalarga oldindan ruxsat olinmaganini ma'lum qilib, namoyişçilarni ogohlantirgan. Şuningdek, ommaviy ravişda hibsga olişlar röy bergani aytilmoqda.

Hukumat ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarni blokladi

Mamlakatda röy berayotgan ommaviy namoyişlar fonida fors hukumati Instagram ijtimoiy tarmoği va Telegram messenjerini blokladi.

«Eron hukumati tinç namoyişçilarning @sedaiemardom (Sadoi mardum) va boşqa kanallarini tösib qöyiş borasidagi sörovini oçiq rad etganimizdan söng eronliklarning aksariyat qismi uçun Telegram’ga ulanişni bloklamoqda», — deb yozgan Telegram asosçisi Pavel Durov Twitter’dagi öz sahifasida.

Eron hukumati bunday qarorga kelişiga sabab sifatida «mamlakatda tinçlikka erişiş va fuqarolar xavfsizligini ta'minlaş»ni körsatmoqda.

«Biz fuqarolardan noqonuniy aksiyalar uyuştirmaslikni söraymiz. Agar ular yiğilmoqçi bölişsa, avval ariza bilan murojaat qilişlari kerak böladi», degan Eron IIV rahbari Abdulrizo Rahmon-Fazliy.