Sport | 22:30 / 01.01.2018
8958
3 daqiqa o‘qiladi

«Liverpul» oxirgi daqiqada g‘alabaga erishdi va «MYu»ga yetib oldi

Foto: Reuters

Angliyada 22-tur uchrashuvlari davom etmoqda. «Liverpul» «Byornli» maydoniga safar qildi va g‘alabaga erishdi — 2:1. 

Mersisaydliklar 61-daqiqada Sadio Manening goli evaziga oldinga chiqishgandi. Maydon egalari 87-daqiqada Yoxann Gudmundssonning goli evaziga hisobni tenglashtirishdi. Ammo Yurgen Klopp shogirdlari g‘alaba uchun iroda topa olishdi va o‘yin oxirida Ragnar Klavan gol urib, jamoaga g‘alaba keltirdi. 

Bu natijadan keyin «Liverpul» ochkolari sonini 44taga yetkazdi va turnir jadvalida «Manchester Yunayted»ga tenglashib oldi. «Byornli» 34 ochkosi bilan 7-o‘rinda qolmoqda.

«Lester» bu turda o‘z maydonida «Haddersfild»ni qabul qildi va yirik g‘alabaga erishdi. Uchrashuvdagi gollarga Riyoz Mahrez, Islam Slimani va Mark Olbrayton mualliflik qilishdi.

Bu g‘alabadan keyin «tulkilar» jamoasi Angliya chempionati turnir jadvalida 30 ochko bilan yettinchi o‘rinda, «Haddersfild» 24 ochkosi bilan 11-o‘rinda.

Tur doirasidagi yana bir uchrashuvda «Nyukasl» «Stok Siti» maydonidan 3 ochko bilan qaytdi. Ayose Peresning yagona goli Rafa Benites shogirdlari g‘alabasini ta'minladi. Bu g‘alabadan keyin «Nyukasl» ochkolari sonini 22taga yetkazgan holda birdaniga 16-o‘rindan 13-o‘ringa ko‘tarildi, «Stok Siti» 20 ochkosi bilan hozircha 16-o‘ringa tushdi.

Angliya chempionati
22-tur

Byornli – Liverpul 1:2 (0:0, 1:2)
Gollar: 0:1 – 61 Mane, 1:1 – 87 Gudmundsson, 1:2 – 90 Klavan.
Byornli – Poup, Tarkovski, Teylor, Bardsli, Mi, Kork, Defur, Xendrik (Vouks, 71), Gudmundsson, Arfild (Uells, 86), Barns.
Liverpul – Minole, Lovren, Gomes, Aleksander-Arnold, Klavan, Veynaldum, Djan, Lallana (Milner, 86), Oksleyd-Chemberlen (Matip, 90), Mane (Firmino, 72), Solanke.

Lester – Xaddersfild 3:0 (0:0, 3:0)
Gollar: 1:0 – 53 Mahrez, 2:0 – 60 Slimani, 3:0 – 90 Olbrayton.
Lester – Shmeyxel, Maguayr, Morgan (Dragovich, 28), Fuks, Mahrez (Grey, 77), Amarti, Jyeyms (Adriyen Silva, 86), Ndidi, Olbrayton, Okadzaki, Slimani.
Haddersfild –    Lessl, Yorgensen, Leve (Meloun, 76), Smit (Depuatr, 82), Shindler, Ins, Uilyams, van La Parra, Muy, Lolli (Kvaner, 59), Mune.
Ogohlantirishlar: Morgan (24), Meloun (84).

Stok Siti – Nyukasl 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 73 Peres.
Stok Siti – Batlend, Zuma, Vimmer, Piters (Beraxino, 71), Kemeron, Adam, Allen, Shakiri (Diuf, 57), Edvards, Shupo-Moting, Krauch.
Nyukasl – Darlou, Lassels, Mankilo, Yyedlin, Klark, Shelvi, Diame, Merfi (Dammett, 82), Ritchi, Atsu (Geyl, 64), Peres (Xeyden, 90).
Ogohlantirishlar: Mankilo (26), Allen (54), Shupo-Moting (60), Vimmer (66).

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid