Foto: Nilufar Köçimova

 

​​«Men heç kimga heç nimani örgatolmayman, balki kişilarni fikrlaşga yönaltirib yuborişim mumkin» Suqrot 

AQŞdagi Harvard universiteti bir neça ön yillikdan buyon jahon ta'lim tizimida özining muqim örniga ega, obröli ilm maskanlaridan biri bölib qolmoqda. 23 yoşli Nilufar Köçimova 2017 yilda Harvard talabasi sifatida oliygohga grant asosida öqişga qabul qilingan. Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev AQŞga amaliy taşrif bilan borganida Amerikadagi vatandoşlar bilan suhbatlaşgandi. Ular qatorida Nilufar ham bor. Universitetining magistratura bosqiçida tahsil olayotgan Nilufar oliygohda bir semestr davomida töplagan tajribasidan söng, bir neça mulohazalarini Kun.uz muxbiri bilan örtoqlaşdi. 

«Harvardning kuçli hayratga solgan ilk jihati, şak-şubhasiz, undagi öqitiş uslubidir. AQŞning nufuzli universitetlari qatorida yetakçi örinni saqlab turgan Harvard va uning izdoşlarida «​Suqrotning öqitiş uslubi»​ deb nomlangan tizim joriy qilingan», deb söz boşlaydi Nilufar. 

Uning qayd etişiça, özining muvaffaqiyatli öqitiş tizimi va yuksak natijalari bilan boşqa oliygohlardan ajralib turuvçi Ivi ligasi universitetlari aynan mana şu uslubiyat orqali şonli zafarlarga erişmoqda. «Suqrotning öqitiş uslubi» faylasuf tomonidan şogirdlariga bilim berişda qöllanilgan özgarmas oddiy qoidalarga böysunadi: manfaatli suhbat asnosida masalani muhokama etiş, savol-javob şaklida tanqidiy fikrlaşni rivojlantiriş hamda ilk farazlarni natijadan ajratib olişdan iborat. Bu şunday dialektik uslubki, uning iştirokçisi öz fikrini himoya qilişi, boşqasi asoslantirilgan dalillar bilan qarama-qarşi «hujumga» ötişi mumkin. 

«Harvardda aynan şunday öqitiş uslubi orqali talabalarga bilim berilişini eşitgandim, ammo men uçun universitetning bunday siyosati doimo mavhumligiça qolavergan, uni heç qaçon his etmagandim. Öqituvçining ma'ruzasi va kitobdagi jumlalarni tinimsiz qoraga köçirib borayotgan talabani köz oldingizga keltiring! Bundan taşqari, konspektini yod olib, seminar darslarida sözma-söz qaytargan talaba... Şu şaroitda huquqşunoslikni örgangan qiz uçun Harvardning notaniş tizimi vahimali tuyila boşlagandi. Aytiş joizki, menda qörquv ham paydo böldi», deydi u. 

Toşkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti bitiruvçisi Nilufar Köçimova suhbat davomida ilk paydo bölgan qörquvga öqituvçilar sababçi bölganini ta'kidlab ötdi.