AQŞ Mudofaa vazirligi Harvard universiteti bilan ilmiy va ta’limiy hamkorlikni töxtatmoqda. Bu haqda Pentagon rahbari Pit Hegset şanba kuni, 7 fevralda, X mikroblogida ma’lum qildi.
U bu qarorni şunday izohladi: “Harvard voukizmni bölişadi (qöllab-quvvatlaydi), uruş vazirligi esa (AQŞ Mudofaa vazirligining muqobil nomi, Donald Tramp ma’muriyati muomalaga kiritgan — tahr.) — yöq”.
AFP agentligi eslatişiça, ötgan yildan beri Harvard va AQŞning boşqa elita universitetlari prezident Donald Tramp ma’muriyati tomonidan kuçli bosimni his qilmoqda: ma’muriyat ularni “söl ideologiyaga ortiqça moyillik”da ayblaydi.
“Juda uzoq vaqt davomida bu vazirlik (AQŞ Mudofaa vazirligi — tahr.) Harvardga özining eng yaxşi va eng aqlli ofitserlarini yubordi — bu universitet harbiylarimizni yaxşiroq tuşunadi, degan umidda. Biroq, aksinça, köp ofitserlar globalistik va radikal ideologiya bilan tölib-toşgan holda qaytdi — bu esa qöşinlarimizga foyda bermadi”, — dedi Hegset.
Ma’lum qilinişiça, Pentagonning Harvard bilan hamkorligi 2026-2027 öquv yili boşlanişigaça töliq töxtatiladi. Şuning uçun hozir u yerda ta’lim olayotgan harbiy xizmatçilar kursni tugatişga ulguradi.
Şu paytgaça AQŞ Mudofaa vazirligi harbiy xizmatçilarni harbiy fanlar sohasida ta’lim olişi uçun stipendiyalar va boşqa dasturlar orqali Harvardga yuborib kelgan. Hegsetning aytişiça, Mudofaa vazirligi “Ayvi liga”siga (Ivy League) kiruvçi boşqa universitetlar bilan ham hamkorlik qançalik maqbul ekanini qayta körib çiqadi. Gap AQŞda xalqaro ilmiy mukofotlarga boy, ayniqsa nufuzli va moliyaviy jihatdan kuçli universitetlar haqida bormoqda. Ular qatoriga, jumladan, Prinston va Yyel universitetlari ham kiradi.
Hozirda AQŞ hukumati va Harvard universiteti muzlatib qöyilgan tadqiqot grantlari masalasi böyiça sudlaşmoqda. 1 fevral kuni AQŞ hukumati oliygohdan 1 mlrd dollar miqdorida “yetkazilgan zarar uçun kompensatsiya” tölaşni talab qildi.












