Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eronda yuzlab namoyishchilar qo‘lga olinmoqda, ularni beshafqat jazo kutmoqda
Foto: AFP
Eronda oxirgi 3 kunda 450 kishi hukumatga qarshi namoyishlarda ishtirok etgani uchun qo‘lga olindi. Bu haqda Al Arabiya telekanali xabar tarqatdi.
«Shanba kuni 200 kishi, yakshanba kuni 150 kishi va dushanba kuni 100 kishi qo‘lga olindi», — deya Tehron gubernatori Ali Asqar Nasserbaxtning so‘zlarini keltirgan agentlik.
Eron Inqilob sudi rahbari Hujjatulislom Muso Qozonfarobodiy qo‘lga olingan namoyishchilarni shafqatsiz jazolar kutayotganini ma'lum qildi. U hukumat ogohlantirganiga qaramay, odamlar namoyishlarni davom ettirayotganini qayd etib o‘tgan.
«Ular namoyishchilar sifatida emas, isyonchilar sifatida qabul qilinadi. Ular davlatga zarar keltirayotgan isyonchilardir», degan u.
Uning qayd etishicha, qo‘lga olinganlar xorijiy kuchlar razvedkasi bilan aloqadorlikda gumon qilinmoqda va ularni sud kutmoqda.
Bundan avvalroq Milliy xavfsizlik bo‘yicha oliy kengashi namoyishlarda AQSh, Buyuk Britaniya va Saudiya Arabistonini ayblab chiqqandi.
28 dekabr kunidan buyon Eronning yirik shaharlarida mamlakatdagi og‘ir iqtisodiy vaziyatga norozilik sifatida yuz minglab kishilar namoyishlar o‘tkazmoqda. Oxirgi xabarlarga ko‘ra, tartibsizliklar vaqtida halok bo‘lganlar soni 20 nafardan oshgan.
Mavzuga oid
15:48 / 20.01.2026
Tramp nega Eronga zarba berishga jazm qilmadi?
21:49 / 19.01.2026
Eron prezidenti Oliy rahbarga suiqasd urush e’lon qilishga barobarligini aytdi
15:17 / 19.01.2026
Eron hokimiyati namoyishlar vaqtida 5000 kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi
00:47 / 19.01.2026