Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Misrda favqulodda vaziyat tartibi uzaytirildi
Foto: Nariman El-Mofty/AP Photo
Misr prezidenti Abdul Fattoh as-Sisiy mamlakatda amal qilayotgan favqulodda vaziyat tartibini yana 3 oyga uzaytirish haqidagi farmonni imzoladi. Farmon 2 yanvarda Misr nashrlarida chop etilgan. Farmonga ko‘ra, favqulodda vaziyat tartibi 2018 yil 13 yanvardan Misrning butun hududi bo‘ylab uzaytiriladi.
Farmon qurolli kuchlar va politsiya idoralariga terrorchilikka qarshi kurash va mamlakatda xavfsizlikni ta'minlash uchun barcha vakolatlarni berishni ko‘zda tutadi. Favqulodda vaziyat tartibi vaqtida prezident buyruqlarining buzilishi ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Misrda favqulodda vaziyat tartibi 2017 yil aprelida Tanta va Iskandariyadagi nasroniy cherkovlarida amalga oshirilgan teraktlardan keyin 3 oyga kiritilgandi. O‘sha hujumlar oqibatida 45 dan ko‘proq odam halok bo‘lgan. Keyinchalik favqulodda vaziyat tartibi yana 2 marta uzaytirilgan.
Mavzuga oid
11:40 / 06.03.2026
O‘zbekiston va Misr gepatit C uchun dori vositalari ishlab chiqaradi
10:21 / 26.02.2026
Misrda vafot etgan o‘zbekistonlik fuqaroning jasadi vatanga qaytarildi
12:40 / 24.02.2026
Misrlik talabalarni Qoraqalpog‘iston OTMga jalb etish taklif qilindi
19:17 / 15.02.2026