Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh prezidentining yadroviy tugmasi surati namoyish qilindi
Barak Obamaning sobiq rasmiy suratchisi Pit Souza Instagram’da AQSh prezidentining yadroviy chamadoni suratini joylashtirdi.
Souza ushbu suratni AQSh prezidenti Donald Tramp uning yadroviy tugmasi Shimoliy Koreya yetakchisinikidan “kattaroq va kuchliroq” ekanligini aytgandan keyin namoyish qildi.
Suratlardan birida Oq uy xodimi prezident samolyotiga ichida AQSh strategik mudofaasining mobil boshqarish tizimi bo‘lgan sumkani olib chiqib ketayotgani tasvirlangan. Yana bir suratda esa AQSh prezidenti stolida o‘rnatilgan qizil tugma tasvirlangan. Qizil tugmacha joylashgan panelda prezident gerbi va “Murakkab qarorlarni qabul qilish qiyin” (Hard things are hard) degan yozuvli tablichka bor.
“Yaxshiyamki, bu qizil tugmacha urushni boshlash uchun emas, balki yordamchini chaqirish uchun qo‘llanadi”, deb aytgan suratchi.
Avvalroq britaniyalik milliarder Richard Brenson Obama bilan uchrashuv vaqtida sobiq prezident qizil tugmadan mehmonlarga choy buyurtirish uchun foydalanganini so‘zlab bergandi.
Yadroviy davlatlar prezidentlariga qit'alararo raketalarni uchirishga imkon beruvchi tizim shartli ravishda “yadroviy tugma” deyiladi. Aslida esa bu tizim maxsus asboblar va raketalarni uchirish kodlaridan iborat yadroviy chamadondan iborat. Bu mobil tizim prezident yo‘lda bo‘lganda ishlatish uchun mo‘ljallangan.
Mavzuga oid
10:00
Tramp qo‘llagan nomzod Kolumbiya saylovida yetakchilik qilmoqda
09:45
AQSh, Eron va Livan ishtirokida maxsus tartibga solish guruhi tuziladi
09:28
AQSh va Eron muzokaralarning birinchi raundi yakunlandi. Nimalar ma’lum?
09:02 / 20.06.2026