Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kimlarga pensiyalar to‘liq hajmda to‘lanadi?
Faxriy unvonlarga ega mehnat qiluvchi pensionerlar endilikda nafaqa pulini to‘liq miqdorda oladi. Bu O‘zbekiston Prezidentining 28 dekabrdagi «Mehnat faoliyatini olib borayotgan pensionerlarning ayrim toifalariga qulay shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonida ko‘zda tutilgan.
Shuningdek mehnat shartnomasi asosida mehnat qilish asnosida ilm-fan, adabiyot va san'at sohalarida ijodiy ishlari uchun qalam haqi (gonorar) ko‘rinishida daromad oluvchi pensionerlar ham nafaqa pullarini to‘liq hajmda oladi.
Farmon bilan tekshirishlar natijasida aniqlangan 65 yosh va undan katta fuqarolar uchun hamda 2010 yilgacha tayinlangan pensiya va nafaqalar bo‘yicha ortiqcha to‘langan summa hisobdan chiqarildi.
Hujjatda pensioner tuman Byudjyetdan tashqari pensiya jamg‘armasining ortiqcha to‘langan pensiya va nafaqalar summasini ushlab qolish haqidagi qaroridan norozi bo‘lgan taqdirda ortiqcha to‘langan summani (aniqlangan paytdan boshlab uch yildan oshiq bo‘lmagan muddat uchun) sud tartibida undirish tartibi joriy etildi.
Pensiya jamg‘armasining hududiy bo‘limlari qonunchilikda ko‘zda tutilgan asoslar bo‘lgan taqdirda ish stajini tasdiqlash uchun sudlarga da'vo arizasini tayyorlashda ko‘mak ko‘rsatadi.
Mavzuga oid
21:32 / 07.04.2026
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi?
16:56 / 07.03.2026
Qirg‘izistonda uch yoshgacha bo‘lgan har bir bola davlatdan nafaqa oladi
15:41 / 03.02.2026
Kambag‘allik chegarasidagi oilalarga nafaqa va yordam 6 oyga tayinlanadi
09:12 / 10.01.2026