“Davlat ijtimoiy suğurtasi töğrisida”gi qonun hamda Vazirlar Mahkamasining 796-son qaroriga muvofiq, homiladorlik va tuğiş hamda vaqtinça mehnatga layoqatsizlik nafaqalarini tayinlaş va tölaşning yangi mexanizmi joriy etildi. Bunda homiladorlik va tuğiş nafaqasi töliq, kasallik nafaqasi esa 6-kundan boşlab Davlat ijtimoiy suğurta jamğarmasi hisobidan moliyalaştiriladi . 

Davlat ijtimoiy suğurtasi nima? 

Davlat ijtimoiy suğurtasi — suğurta hodisasi yuz berganda suğurtalangan şaxslarning daromadlari yöqolişi oldini olişga qaratilgan davlat kafolatlari tizimidir. U majburiy va ixtiyoriy asoslarda amalga oşiriladi hamda vaqtinça mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tuğiş kabi suğurta hodisalari yuz berganda fuqarolarni ijtimoiy himoya qilişni ta’minlaydi. 

Quyidagilar majburiy asosda qamrab olinadi: 

  • mehnat faoliyatini mehnat şartnomalari asosida amalga oşirayotgan fuqarolar; 

  • fuqarolik-huquqiy xususiyatga ega şartnomalar asosida xizmat körsatayotgan (iş bajarayotgan) fuqarolar; 

  • yuridik şaxslarning rahbarlari sifatida faoliyatni amalga oşiradigan fuqarolar. 

 Ixtiyoriy asosda suğurtalanadigan şaxslar esa quyidagilar: 

  • özini özi band qilgan şaxslar; 

  • dehqon xöjaligida band bölgan şaxslar; 

  • şaxsiy tomorqa yer uçastkalarida band bölgan şaxsiy tomorqa yer uçastkalarining egalari yoki ularning oila a’zolari; 

  • davlat organlari va boşqa taşkilotlar tomonidan çet davlatlarda taşkil etilgan taşkilotlarda işlaydigan Özbekiston Respublikasi fuqarolari; 

  • çet elda yollanib işlaydigan Özbekiston Respublikasi fuqarolari;