O‘zbekiston | 23:20 / 03.01.2018
23206
3 daqiqa o‘qiladi

Sarhisob. «KUN.UZ»ning bir yili

O‘tgan 2017 yil O‘zbekiston jurnalistikasi uchun ko‘tarilish davri bo‘ldi. «KUN.UZ» ham shunga monand ravishda katta o‘zgarishlarga erishdi - faoliyat ko‘lami kengaydi, auditoriya o‘sdi.

Sayt shu yildan boshlab poytaxtdan viloyatlarga chiqa boshladi va rahbar amaldorlar, xususan vazirlar va hokimlar bilan suhbatlar uyushtirishni yo‘lga qo‘ydi, aholi murojaatlari asosida muammolar o‘rganildi hamda mutasaddilar bilan bu muammolarga yechimlar izlandi. O‘tgan bir yil davomida sayt tahririyatining ijodiy guruhi Andijon, Farg‘ona, Namangan, Buxoro, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida bo‘ldi hamda viloyatlar hokimlari bilan suhbatlar uyushtirdi. Shuningdek, muxbirlar Toshkent viloyati tumanlarida, Samarqand, Navoiy, Sirdaryo, Xorazm va Qoraqalpog‘istonda bo‘lib, mahalliy aholi muammolarini ko‘tarib chiqdi.

Shuningdek, bu yilda saytda yordamga ko‘plab muhtoj kishilar uchun xayriya aksiyalari o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi. Natijada, o‘nlab bemorlar va muhtojlar saxiy o‘quvchilarimizning moddiy va ma'naviy yordamida shifo topib, oyoqqa turishdi.

Google Analytics ma'lumotlariga ko‘ra, saytning 2017 yildagi ko‘rsatkichlari quyida keltiriladi.

Unga ko‘ra, o‘tgan yilda saytga unikal tashriflar ikki barobar o‘sgan, 2016 yildagi 5 965 425 nafardan 2017 yildagi 11 085 626 nafarga. Saytga tashriflar sonidagi o‘sish ham ikki barobarni tashkil qilgan - 66 166 837 martadan 111 984 675 martaga. Ko‘rilgan sahifalar soni 2016 yilda 254 597 419tani tashkil etgan bo‘lsa, 2017 yilda bu ko‘rsatkich 445 198 076taga teng bo‘ldi.

Sayt o‘quvchilarining 23,5 foizi ayollar, 76, 5 foizi erkaklar. 

Saytning mobil ilovalarini hozirgi kungacha 400 mingga yaqin kishi yuklab olgan. 

Android - 354 000,00dan ortiq kishi. Shundan 126 387 kishi doimiy foydalanuvchilar hisoblanadi. 

IOS - 52 000dan ortiq kishi.

ENG KATTA AUDITORIYa O‘ZBeKISTONDA

Ijtimoiy tarmoqlardagi obunachilar soni:

Instagram - 653 000

Odnoklassniki - 208 700

Telegram-kanal - 204 600

Facebook - 156 300

YouTube - 80 000

Twitter - 19 400

VKontakte - 2 000

Jami: 1 324 000

Sayt jamoasi 2016 yilda 17 kishidan iborat bo‘lgan bo‘lsa (jurnalistlar, muxbirlar va texnik xodimlar), 2017 yilda bu miqdor 30 nafarga yetdi.

«KUN.UZ» rahbariyati jamoaga minnatdorchilik bildiradi. Aziz Qarshiyev, Shuhrat Rahimqoriyev, Azimjon Berdibekov, Tolib Rahmatov, Lola Rahmonboyeva, Otabek Matnazarov, Shuhrat Shokirjonov, Ma'ruf Asqarov, Feruza Avazova, Xurshid Daliyev, Shuxrat Rashidov, Alisher Ro‘zioxunov, Azamat Murodov, Muxammadjon G‘aniyev, Sarvar Rahimov va Elmurod Ermatov kabi jonkuyar mehnatkash xodimlar sayt hozirgi darajaga yetib kelishida juda katta hissa qo‘shishdi.

Sayt yangi yilda faoliyatini yanada kengaytirib, yangi marralarni zabt etishni maqsad qilgan. Bunda o‘quvchilarimiz ishonchiga umid qilamiz.

Mavzuga oid