Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston turistik brendi xorijiy mamlakatlarning taniqli vakillari tomonidan ilgari suriladi
Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi «Tourism brand Ambassador of Uzbekistan» (O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlardagi turizm elchisi) institutini joriy etishni muhokama qilmoqda.
Bugungi kunda ichki va kirish turizmini rivojlantirishga qaratilgan bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston turistik brendi, mintaqalarning turistik sub-brendlarini yaratish va ilgari surish ko‘zda tutilmoqda. Ushbu maqsadlar uchun bir qator yangi institutlar, xususan, turizm sohasida «Milliy PR-markazi», xorijiy mamlakatlardagi «turistik elchilar» institutini tashkil etish rejalashtirilgan.
Taxminlarga ko‘ra, xorijiy mamlakatlardagi turizm elchilari lavozimiga xorijiy mamlakatlarning siyosiy, madaniy, sport va ishbilarmon doiralari vakillari tayinlanadi.
Elchilarning vazifalari hali to‘liq qamrab olinishi va tasdiqlanishi kerak. Biroq, bugungi kunda asosiy funksional vazifalardan biri ularning nomi va fotosuratlaridan foydalanilgan holda o‘tkaziluvchi kampaniyalari bo‘lishi ma'lum.
Rejaga ko‘ra, O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlardagi elchilariga o‘z mamlakatlaridan sayyohlarni jalb etishga qaratilgan turli xil reklama tadbirlarini o‘tkazish uchun yiliga ikki marta O‘zbekistonga bepul tashrif buyurish huquqi beriladi.
Mavzuga oid
17:59 / 24.06.2026
638 mln so‘m - O‘zbekistondan o‘tuvchi hashamatli poyezdga chipta savdosi ochildi
12:02 / 18.06.2026
“Shovqin va changdan zada bo‘ldik” – portlatish ishlari turizm qishlog‘iga tinchlik bermayapti
18:31 / 09.06.2026
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
22:50 / 03.06.2026