Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh va Janubiy Koreya Qishki Olimpiada vaqtida harbiy mashg‘ulotlarni o‘tkazmaslikka kelishib oldi
AQSh va Janubiy Koreya Pyongchangdagi qishki Olimpiada vaqtida birgalikdagi harbiy-dengiz mashg‘ulotlarini o‘tkazmaslikka kelishib oldi. Bu haqda Yonhap axborot agentligi ma'lum qildi.
Ta'kidlanishicha, ushbu kelishuvga AQSh va Janubiy Koreya prezidentlari Donald Tramp va Mun Chje Inning telefon muloqoti natijalariga ko‘ra kelingan.
“Agar Shimol hech qanday ig‘vogarliklarni amalga oshirmasa, siz Janubiy Koreya-AQSh mashg‘ulotlarini Olimpiya o‘yinlari vaqtida qoldirishga tayyorligingizni ko‘rsatsangiz, bu qishki Olimpiadaning muvaffaqiyatli o‘tkazilishiga katta yordam berishiga ishonaman”, deb aytgan Janubiy Koreya prezidenti amerikalik hamkasbiga.
Tramp, o‘z navbatida, bunga rozi bo‘lgan va Mun Chje In Shimoliy Koreyaga Olimpiada vaqtida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazilmasligini yetkazib qo‘yishi mumkinligini aytgan. Ma'lum qilinishicha, Tramp Shimoliy Koreya bilan muloqotni yo‘lga qo‘yishda yordamini taklif qilgan. “Agar sizga Koreyaaro muloqotni yo‘lga qo‘yishda yordam kerak bo‘lsa – ayting. Prezident Mun Chje In, AQSh sizni 100 foiz qo‘llab-quvvatlaydi”, deb aytgan Tramp.
Koreya yarimorolidagi vaziyat o‘ta keskin bo‘lib qolmoqda. 2017 yilda Shimoliy Koreya 20 ta ballistik raketa parvozini amalga oshirgan. O‘z navbatida AQSh ittifoqdoshlari bilan mintaqada katta ko‘lamli dengiz mashg‘ulotlari o‘tkazib keladi.
Mavzuga oid
20:35 / 09.07.2026
AQSh–Eron eskalatsiyasi sulh tugaganini anglatadimi?
10:20 / 09.07.2026
AQSh va Eron yana zarbalar almashdi. Eronda 3 kishi halok bo‘ldi
18:19 / 08.07.2026
AQShda tor xonada bir necha yil saqlangan 16 bola topildi
15:08 / 08.07.2026