Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston bilan chegaradan tovarlarni olib o‘tishdagi 10 dollarlik chegara bekor bo‘ldi
O‘zbekistonda qo‘shni davlatlardan shaxsiy foydalanish uchun olib kirilayotgan tovarlarga qo‘yilgan 10 dollar miqdoridagi chegara bekor qilinishi kutilmoqda. Bu haqda «Gazeta.uz» hukumatdagi manbasiga asoslanib xabar berdi.
Belgilangan chegarani qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi hujjat hali imzolanmagan, biroq 1 yanvardan boshlab Qozog‘iston bilan chegarada shaxsiy foydalanish uchun 1000 dollargacha miqdordagi tovarlarni bojsiz olib kirishga ruxsat berilgan. Ayni vaqtda O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasidagi «G‘isht ko‘prik» («Chernyayevka») nazorat-o‘tkazish punktida umumiy qiymati 1000 AQSh dollarigacha bo‘lgan o‘z ehtiyoji uchun iste’mol tovarlari O‘zbekistonga bojsiz olib kirilmoqda.
Qo‘shni davlatlardan shaxsiy ehtiyojlar uchun mo‘ljallangan tovarlarni bir vaqtda olib kirish uchun 10 dollarlik me’yor «ichki iste’mol bozorini himoya qilish maqsadida» 2009 yil iyunda o‘rnatilgan edi. Unga qadar mazkur me’yor 25 dollarni tashkil etgan. Qo‘shni bo‘lmagan davlatlardan esa 1000 dollargacha miqdordagi tovarlarni bojsiz olib kirish mumkin.
Qozog‘iston tomonidan chegarani kesib o‘tayotgan fuqarolar chegaradan o‘tish birmuncha osonlashganini ta’kidlashmoqda. «Juda tez o‘tdim, atigi besh daqiqa, sumkalarni hech kim tekshirmadi, shunchaki rentgen orqali o‘tkazishdi», — deya fuqarolardan birining so‘zlarini keltiradi nashr.
Sumkalar va mikroto‘lqinli pech olib o‘tayotgan ayol unga hech kim hech qanday savol bermaganini ta’kidlagan, fuqarolar 10 dollarlik chegara bekor qilinganini mamnuniyat bilan qarshilamoqda.
Qayd etish kerakki, bojsiz olib kirishga taalluqli me’yorlar tijoriy maqsadlarga mo‘ljallangan tovarlarni olib o‘tayotgan jismoniy shaxslarga nisbatan qo‘llanmaydi.
1 yanvardan 2000 dollargacha miqdordagi naqd xorijiy valutalarni O‘zbekistondan olib chiqish va olib kirishda yozma deklaratsiya qilish talabi ham bekor qilingan.
O‘zbekistondagi xalqaro aeroportlarda yil boshidan buyon ikki yo‘lak («yashil» va «qizil») tizimi ish boshladi.
Mavzuga oid
20:27 / 26.06.2026
Rossiyada migrantlar uchun bojlar 5-12 baravar oshirildi
20:26 / 25.06.2026
To‘qayev internetdagi ko‘zbo‘yamachilik va «oson pul» madaniyatini qoraladi
19:57 / 24.06.2026
O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari telefon orqali muloqot qildi
10:25 / 24.06.2026