Kazinform axborot agentligi ma’lum qilişiça, Qozoğiston içki işlar vazirining buyruği bilan patrul-post xizmati xodimlarining xorijiy fuqarolar, diplomatik vakolatxonalar va ularga tenglaştirilgan muassasalar xodimlari bilan muloqot qiliş tartibiga özgartişlar kiritilgan.

Yangi qoidalarga köra, politsiya xodimlari xorijliklar bilan xizmat vazifalari doirasidagina muloqot qiladi. Bu huquqbuzarliklarning oldini oliş, transport harakati böyiça ma’lumot beriş, mehmonxonalar va umumiy ovqatlaniş maskanlari haqida axborot taqdim etiş kabi vazifalarni öz içiga oladi.

Şuningdek, xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bölmagan şaxslarning hujjatlari tekşirilganda ularning çet el pasporti, yaşaş uçun ruxsatnomasi yoki fuqaroligi bölmagan şaxs guvohnomasining amal qiliş muddati, vizasi hamda Qozoğistonda qonuniy bölib turganligini tasdiqlovçi boşqa hujjatlar mavjudligi örganiladi.

Agar migratsiya qoidalari buzilgani aniqlansa, politsiya xodimlari Ma’muriy huquqbuzarliklar töğrisidagi kodeks talablari asosida tegişli çoralarni köradi.

Yangi tartibga muvofiq, patrul-post xizmati xodimlari xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bölmagan şaxslarni mamlakatdan çiqarib yuboriş jarayonida migratsiya xizmati bölinmalariga kömaklaşadi hamda ularni davlat çegarasidagi ötkaziş punktlarigaça kuzatib boradi.

Bundan taşqari, politsiya xodimlari çet ellik yölovçining poyezd yoki samolyotdan qolib ketişi, xorijliklar iştirokidagi huquqbuzarliklar, noqonuniy migratsiya holatlari va noqonuniy muhojirlarni taşiş yönalişlari haqida zudlik bilan navbatçilik qismiga xabar berişi şart böladi.

Mazkur özgartişlar aholi punktlari va şahar taşqarisidagi avtomobil yöllarida jamoat tartibi hamda yöl harakati xavfsizligini ta’minlaş böyiça patrul-post xizmati faoliyatiga oid yöriqnomaga ham tatbiq etiladi.