Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda haqiqiy qish: muzlab qolgan favvoralar, qattiq sovuq va kuchli qor
Amerika Qo‘shma Shtatlarining Atlantika okeani sohillari uchun dekabr oxiri va yanvar oyi boshi juda qorli hamda sovuq keldi. Mamlakatning ba'zi shtatlarida qor yog‘ishi hamon davom etmoqda.
Jon Kennedi nomidagi Nyu-York xalqaro aeroporti ko‘rish masofasi pasaygani va kuchli qor tufayli o‘z ishini vaqtinchalik to‘xtatdi, megapolisdagi maktablarda esa mashg‘ulotlar bekor qilindi.
3 yanvar kuni 29 yil ichida birinchi marta Florida shtati shimolidagi Tallaxassida qor yog‘di. Shtatning ba'zi maktab okruglari rahbariyati ta'tillarni davom ettirish haqida qaror qabul qildi, Orlandodagi suvli attraksionlarga ega maxsus bog‘lar vaqtinchalik yopib qo‘yildi.
AQSh poytaxti Vashingtonda sovuq harorat yanvar o‘rtalariga qadar saqlanib qoladi. Luiziana, Janubiy Karolina va Jorjiyada favvoralar ham muzlab qoldi.
Mavzuga oid
23:01 / 30.04.2026
Mujtaba Xominaiy: amerikaliklarning joyi Fors ko‘rfazining tubida
22:11 / 30.04.2026
Tramp yana Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatildi
20:37 / 30.04.2026
Dunyodagi eng yirik aviatashuvchi kema rekord darajadagi missiyadan so‘ng uyiga qaytadi
18:11 / 30.04.2026