Dunyoning eng intizomli aviakompaniyasi nomi e'lon qilindi
2017 yil yakunlariga ko‘ra, Latviyaning AirBaltic milliy aviakompaniyasi to‘rtinchi yil ketma-ket dunyoning eng intizomli aviatashuvchisi deb tan olindi. Britaniyaning OAG kompaniyasi 57 milliondan ziyod reyslarning o‘z vaqtida parvoz va qo‘nishni amalga oshirganini tahlil qilish natijasida taqdim etgan ma'lumotlari shundan dalolat bermoqda.
AirBaltic matbuot xizmatining xabar berishicha, OAG ma'lumotlariga ko‘ra, aviakompaniya o‘tgan yili intizomga rioya qilish bo‘yicha 90,01 foiz ko‘rsatkichga erishgan. Bu Latviya aviakompaniyasi o‘tgan yili 100 ta reysdan 90 tadan ortig‘ini o‘z vaqtida amalga oshirganini bildiradi.
"Bizning mijozlarimiz intizomli xizmatlarga umid qilishlari mumkin. O‘tgan yil AirBaltic uchun eng faol yillardan biri bo‘ldi. Parvozlar soni oshdi, rekord darajadagi yo‘lovchilar tashildi", - dedi aviakompaniya direktori Martin Gauss.
AirBaltic 1995 yilda tashkil qilingan. Kompaniya 80 foizga mamlakat hukumatiga tegishli, 20 foizga esa - xususiy investorlarga. Aviatashuvchi Riga, Tallin va Vilnyusdan dunyoning 60 mamlakatiga reyslarni amalga oshiradi. Kompaniya havo floti tarkibiga 30 samolyot kirib, bulardan yettitasi - Bombardier CS300, beshtasi - Boeing 737-500s, oltitasi - Boeing 737-300 va o‘n ikkitasi - Bombardier Q400 NextGen.
Mavzuga oid
17:36 / 18.11.2024
O‘zbekiston mobil internet tezligi reytingida pastladi
17:37 / 12.11.2024
O‘zbekiston taksi xizmati eng arzon davlatlar qatoriga kirdi
16:40 / 12.11.2024
O‘zbekiston sun’iy intellektga tayyorlik reytingida Markaziy Osiyoda so‘nggi o‘rinni egalladi
16:52 / 07.11.2024