Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko Ukrainaning energetik mustaqilligini e'lon qildi
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko tvitterda mamlakat Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasiga boshqa bog‘liqmasligini ma'lum qildi.
“Stokholm hakamlik sudi qarori evaziga Ukraina “Gazprom”ning gaz qarmog‘idan qutuldi”, deb yozgan Poroshenko.
Bundan tashqari, u 2018 yil Ukrainaning energetik mustaqilligi yili bo‘lishini aytib o‘tdi.
Poroshenko Ukrainaning “Naftogaz” va Rossiyaning “Gazprom” kompaniyalari o‘rtasidagi gaz bahsi bo‘yicha Stokholm hakamlik sudi chiqargan qarorni shu tariqa qayd qilib o‘tdi.
Qaror 2017 yil 22 dekabrda chiqarilgan. Ikkala kompaniya ham sudning qarorini o‘z foydasiga talqin qilmoqda. “Naftogaz” sud “ol va to‘la” tamoyilini va bu qoidadan voz kechganlik uchun solingan 56 mlrd dollarlik jarimani bekor qilgan, deb hisoblamoqda.
“Gazprom”ning fikricha, yakun natijada u g‘olib bo‘lgan, chunki sud kompaniyaning Ukraina tomondan gazga haq to‘lanishi bo‘yicha ko‘plab talablarini qondirgan.
Kompaniyalar o‘rtasidagi bahs 2014 yildan beri davom etib kelayotgandi. Kompaniyalar o‘rtasidagi amaldagi gaz shartnomasi 2009 yilda imzolangan va 10 yilga mo‘ljallangan.
Mavzuga oid
14:47 / 07.03.2026
Orban “Drujba” quvuri ta’miri tugamaguncha Ukrainaga yordamni to‘sib qo‘yadi
14:29 / 07.03.2026
“300 ga 300”: Ukraina va Rossiya harbiy asirlar almashdi
12:25 / 07.03.2026
Vengriyada ushlangan ukrainaliklar vatanga qaytdi
21:44 / 06.03.2026