Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryo viloyati prokuraturasida yoshlar yetakchisi saylandi
Foto: KUN.UZ
4 yanvar kuni Sirdaryo viloyati prokuraturasida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotining faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Yig‘ilishda Sirdaryo viloyati prokurori adliya maslahatchisi Ravshan Masharipov hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi raisi Shavkat Zayniddinov ishtirok etishdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar beradi.
Kun tartibiga qo‘yilgan asosiy masala Sirdaryo viloyati prokuraturasida Ittifoq boshlang‘ich tashkilotini ochish va unga munosib yoshlar yetakchisini saylash bo‘ldi. Shundan so‘ng, yig‘ilish ishtirokchilari bir ovozdan boshlang‘ich tashkilot ochish taklifini qo‘llab quvvatladi. Shu munosabat bilan, ikki tashkilot rahbarlari tomonidan "O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Sirdaryo viloyat prokuraturasidagi boshlang‘ich tashkiloti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida"gi qo‘shma qaror imzolandi.
So‘ngra organda faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar o‘zlari uchun ma'qul va munosib, deb topgan yoshlar yetakchisini saylab olgan. Saylov natijalariga ko‘ra Doston To‘ychiyev O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati prokuraturasidagi boshlang‘ich tashkilotining yoshlar yetakchisi etib saylandi. Yig‘ilish so‘nggida yangi saylangan yoshlar yetakchisiga Sirdaryo viloyati Kengashi raisi tomonidan "Boshlang‘ich tashkilot ochilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma" tantanali tarzda taqdim etildi.
Mavzuga oid
15:42 / 09.01.2026
“Sen “go‘sht”san, o‘liging ham, tiriging ham bizniki, deyishdi” – Rossiya-Ukraina urushida qatnashgan sirdaryolik yigit hikoyasi
12:19 / 30.12.2025
Sirdaryoda mashina kanalga tushib ketishi oqibatida 4 yigit halok bo‘ldi
09:13 / 27.12.2025
Bozor xizmatlari hajmi e’lon qilindi: eng past ko‘rsatkich Sirdaryoda
19:24 / 20.12.2025