Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malayziya izsiz g‘oyib bo‘lgan samolyotni yana qidira boshlaydi
Malayziya hukumati 2014 yilda izsiz g‘oyib bo‘lgan Boeing MH370 samolyotini Amerikaning Ocean Infinity kompaniyasi bilan birgalikda qidirish bo‘yicha ishlarni tiklash haqida qaror qabul qildi. Bu haqda Channel News Asia layner yo‘lovchilarining qarindoshlari tomonidan olingan maktub matniga tayangan holda xabar bermoqda.
Maktubda, xususan, «Malayziya hukumati MH370’ni qidirish bo‘yicha amaliyotni davom ettirish ishlariga Ocean Infinity’ni jalb qilgani» xabar qilinadi.
Avvalroq izsiz g‘oyib bo‘lgan samolyot yo‘lovchilarining qarindoshlari laynerni mustaqil ravishda qidirish bilan shug‘ullanishga qaror qilishgani xabar berilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Kuala-Lumpurdan Pekinga yo‘l olgan samolyot 2014 yilning 8 martiga o‘tar kechasi radarlardan yo‘qolib qoldi. Bortda 227 yo‘lovchi va ekipajning 12 a'zosi bo‘lgan. Sharqiy Afrikadan esa Malaysia Airlines layneriga tegishli ekani taxmin qilinayotgan bo‘laklar topildi.
Mavzuga oid
11:42 / 02.06.2026
“Malayziya yordamga tayyor” – elchi islomiy moliyani joriy qilish haqida
21:56 / 01.06.2026
Malayziya 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlarda ro‘yxatdan o‘tishini taqiqladi
08:18 / 05.05.2026
Ziroat Mirziyoyeva Malayziya qirolichasi bilan uchrashdi
12:54 / 02.04.2026