Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Shanhay Xalqaro biznes-maktabi ochiladi
Toshkentda Shanhay Xalqaro biznes-maktabi ochiladi. Tegishli kelishuv Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Abdumalik Jumanovning Xitoyga safari vaqtida imzolangan. Loyiha hamkori Shanhay universiteti (Shanghai University) hisoblanadi, deb xabar bermoqda “Jahon” axborot agentligi.
Biznes-maktab Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti tizimida tashkil etiladi. Ta'lim muassasasi Shanhay universiteti bakalavr va magistr darajasini olish imkonini beruvchi ta'lim dasturini taqdim qiladi. Biznes-maktabning yana bir vazifasi startaplarga ko‘mak ko‘rsatish maqsadida tadqiqotlar va biznes vakillari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazish bo‘ladi. Biznes-maktabni yaratish haqidagi yakuniy kelishuvni 2018 yilning birinchi yarmida imzolash ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, Shanhay xalqaro tadqiqotlar universitetida O‘zbekistonni o‘rganish markazini tuzish haqida kelishuvga erishilgan. Ushbu ta'lim maskani rahbariyati o‘zbekistonlik yosh olimlarga Xitoyda ta'lim olish uchun stipendiyalar taqdim qilish istagini bildirgan. O‘z navbatida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Xitoy tadqiqotlari ilmiy laboratoriyasi ochiladi.
Mavzuga oid
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
20:41 / 17.06.2026
Xitoyning yirik neft-gaz kompaniyasi top-menejeri pora uchun o‘limga hukm qilindi
17:47 / 17.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Xitoyning yetakchi kompaniyalari va moliya institutlari delegatsiyasi bilan uchrashdi
10:15 / 17.06.2026