Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev: «Men o‘zimni o‘ylamadim, xalqni o‘yladim»
5 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiya bo‘lib o‘tdi. Unda davlat rahbari viloyatda islohotlar va vazifalarni bajarilishiga tanqidiy baho berib, o‘zini o‘ylagan Prezident bajarmaydigan alohida islohotga e'tibor qaratdi.
«2017 yil 15 dekabrdagi Prezident farmoniga muvofiq, mahalliy byudjyet ijrosini ta'minlash, viloyat, tuman Xalq deputatlari Kengashilarining rolini oshirilgani va qo‘shimcha vakolatlar berilganini alohida ta'kidlab o‘tmoqchiman. Mahalliy byudjyetlar ixtiyorida soliqlarning hammasini qoldirib, mablag‘larni Respublikaga byudjyetiga olib qo‘yilishiga chek qo‘yildi. O‘zini o‘ylagan Prezident bunday qilmaydi, men o‘zimni o‘ylamadim, xalqni o‘yladim», deb qat'iy ta'kidladi davlat rahbari.
Shavkat Mirziyoyevning aytishicha, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga har bir deputatdan tortib, hududdagi barcha tashkilot rahbarlari birdek javob beradi.
«Farmonga muvofiq, mahalliy byudjyet prognozini bajarish, soliq qarzdorligining kamayishi va byudjyet daromadlarining qo‘shimcha zaxiralarini aniqlashni ta'minlagan moliya va soliq organlari rahbarlari maoshlarining 50 foizgacha miqdorda mukofotlanadi, bajarmaganlar esa 30 foizgacha jarimaga tortiladi. Hamma rahbarlar bir narsa bilib olishi kerak: byudjyetni bajarmaslik - xiyonat. Aslida byudjyet odamlarning kayfiyati, ularning oylik maoshi va pensiyasi, bolalarning nafaqa puli sanaladi», deb fikr bildirgan Shavkat Mirziyoyev.
Mavzuga oid
21:23 / 20.06.2026
Qibrayda avtomobilda qizlarga uyatsiz harakat qilgan yigitlar 5 sutkaga qamaldi
16:47 / 19.06.2026
Toshkent viloyatida ekologiya mas’ullariga qat’iy choralar ko‘rildi
08:45 / 16.06.2026
Toshkent va Samarqandda qariyb 6 kg narkotik modda musodara qilindi
09:05 / 12.06.2026