Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BBC jiddiy mojaro girdobida, Xitoydagi byuro rahbari ishdan ketdi
Foto: RIA "Novosti"
Bi-bi-si teleradiokompaniyasining Xitoy byurosi rahbari Kerri Greysi iste'foga chiqdi. U buni erkak hamkasblari bilan maoshdagi notenglik tufayli amalga oshirgan.
Bi-bi-si’dagi ish staji 30 yildan ko‘proqni tashkil etuvchi Greysi kompaniyaning Pekindagi mintaqaviy bo‘linmasiga to‘rt yil muqaddam rahbar etib tayinlandi. Yarim yil avval esa Bi-bi-si’ning eng ko‘p haq to‘lanuvchi xodimlari maoshi haqida ma'lumot e'lon qilindi. Ularga ko‘ra, Greysi Shimoliy Amerika yoki Yaqin Sharqdagi xuddi shunday byurolarga rahbarlik qiluvchi erkak hamkasblaridan kamida 50 foizga kamroq ish haqi olgan.
"Men Bi-bi-si’dagi 30 yil davomida o‘zim yaxshi ko‘radigan tashkilotni hech qachon ochiqdan-ochiq tanqid qilmaganman. Men shuni istaymanki, Bi-bi-si qonunlarga rioya etishi va erkak hamda ayollarni bir xilda baholashi shart. Hamma narsaning chegarasi bor. Men Pekindagi byuroni tark etmoqdaman", - deya yozgan ayol o‘z blogida.
Bi-bi-si’ning iyulda e'lon qilingan o‘n nafar eng katta maosh oluvchi xodimlari ro‘yxatida atigi ikki ayol kishi bor: Klaudia Uinklman (taxminan 500 ming funt sterling) va Aleks Jons (400 mingdan ko‘proq).
Mavzuga oid
13:52 / 15.01.2026
Xitoyning Rossiya bilan savdo hajmi 5 yilda ilk bor qisqardi
12:13 / 14.01.2026
Arktika xavfsizligi: Germaniya Rossiya va Xitoy tahdidlariga ishora qildi
23:35 / 12.01.2026
O‘ldingmi? – Xitoyda yolg‘iz odamlar uchun mo‘ljallangan ilova ommalashdi
00:48 / 11.01.2026