Xitoyning eng boy ayoli 4 kun ichida yana 2 milliard dollarga boyidi
Xitoyning eng boy odami, Country Garden Holdings developerlik kompaniyasi aksiyalarining nazorat paketi egasi Yan Xueyyan 2018 yil boshidan yana 2,06 mlrd dollarga boyidi.
Bloomberg axborot agentligi mutaxassislarining hisob-kitoblariga ko‘ra, Xueyyanning boyligi 2018 yilda birjalar ishlagan 4 kun ichida 23,6 mlrd dollardan 25,6 mlrd dollargacha ko‘paygan.
Buning evaziga Xueyyan Bloomberg’ning milliarderlar ro‘yxatida (Bloomberg Billionaires Index) 31-o‘ringa ko‘tarilib oldi va 2018 yil boshidan o‘z boyligini eng ko‘p ko‘paytira olgan tadbirkorlar o‘ntaligiga kirdi.
Bloomberg ma'lumotlariga ko‘ra, shuningdek Xitoyning eng yosh milliarderi hisoblanuvchi Xueyyan Xitoyning eng boy odamlari orasida Van Tszyanlindan keyin hamon 5-o‘rinni egallamoqda. Biroq Forbes mutaxassislarining fikricha, Xueyyan Tszyanlindan o‘tib ketdi. Ular ayni vaqtda Xueyyanning boyligini 28,6 mlrd dollarga, Tszyanlinnikini 25,4 mlrd dollarga baholashgan.
2017 yil oktabrida UBS va PwC mutaxassislari 2016 yil natijalariga ko‘ra Osiyoni bildiruvchi milliarderlar soni ilk bor AQSh milliarderlari sonidan oshib ketgani haqidagi tadqiqotni chop etgandilar.
Mavzuga oid
19:51 / 24.04.2023
O‘zbekiston eksportida Rossiya birinchi o‘ringa ko‘tarildi
15:51 / 24.04.2023
O‘zbekiston Xitoydan 2 mlrd dollarlik mahsulotlar sotib oldi
13:48 / 23.04.2023
Xitoyning Fransiyadagi elchisi Qrim statusi va sobiq SSSR davlatlari suverenitetini shubha ostiga oldi
11:25 / 21.04.2023