Jamiyat | 09:37 / 08.01.2018
7294
1 daqiqa o‘qiladi

Meksikada nonushta qilish uchun yig‘ilgan 6 kishi otib ketildi

Foto: Reuters

Meksikaning Tekoman shahrida jinoyatchilar uy hovlisida nonushta qilish uchun yig‘ilgan olti kishini otib ketishdi. Bu haqda RIA «Novosti» mahalliy bosh prokuraturaga tayangan holda xabar bermoqda.

Besh kishi voqea joyining o‘zida hayotdan ko‘z yumgan, yana bir inson shifoxonada vafot etgan. Shuningdek, ikki kishi jarohat olgani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Meksikadagi eng nufuzli nashrlardan biri Universal jurnalisti Xose Xerardo Martines Mexikoda 6 yanvarga o‘tar kechasi o‘ldirib ketilgani xabar berilgandi.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid