Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident Yangiyo‘l hokimiga: «Non qilyapti ekan, sotsin. Bo‘lmasa, Toshkentdan joy beraman!»
Foto: "O‘zbekiston 24"
5 yanvar kuni Toshkent viloyatiga tashrifi davomida Shavkat Mirziyoyev Yangiyo‘l shahrida aholiga ko‘rsatilayotgan kommunal xizmat sifati bilan tanishib, Yangiyo‘l shahridagi «Fayzli» mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lgani xabar qilingandi.
Davlat rahbari ushbu mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi aholi bilan suhbatlashgan.
«Bugun sizlarni bayram bilan tabriklayman, sihat-salomatlik tilayman. Televizorda ko‘ryapsizlarki, kam ta'minlanganlarga mo‘ljallangan ko‘plab uylar qurilmoqda. Bu yil Yangiyo‘l shahrida 7 qavatli 12ta, kelgusi yilda 20 ta yangi ko‘p qavatli uy-joy quriladi. Kam ta'minlanganlarga ham kerakli odamlarga beriladi. Boquvchisi yo‘qlarga birinchi bo‘lib beriladi. Zamonaviy bog‘, bozor, supermarket, ko‘prik quramiz», - degan prezident.
«O‘zbekiston 24» telekanali lavhasida aytilishicha, fuqaro Aziza Aribayeva kasb-hunar kollejini bitirib, olingan imtiyozli kredit evaziga o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshlagan edi. Ayrim sabablarga ko‘ra, uning shoxobchasi noqonuniy hisoblanib, buzib tashlangan. U ham prezident bilan suhbat chog‘ida ushbu masalani bayon etdi.
«Ertaga kelib, hokim sizga eng zo‘r joydan joy beradi. Ey, non qilyapti ekan, sotsin. Bo‘lmasa, Toshkentdan joy beraman!» - dedi davlat rahbari.
Mavzuga oid
22:36 / 08.01.2026
Yangiyo‘lda go‘shti uchun itini o‘ldirgan fuqaro ushlandi
10:20 / 15.09.2025
Yangiyo‘ldagi to‘yxonada mushtlashuv uyushtirganlar ushlandi
11:54 / 12.09.2025
Yangiyo‘ldagi to‘yxonada mushtlashuv sodir bo‘ldi
18:12 / 03.09.2025