Toşkent viloyatining Yangiyöl şahridagi töyxonalardan birida janjal sodir böldi. Kun.uz’ga kelib tuşgan videolavhada körinişiça, töyxona oldidagi avtoturargohda ikki yigit özaro muştlaşgan.
Toşkent viloyati Içki işlar boş boşqarmasi axborot xizmati rahbari Bobur Tölaganov holat yuzasidan izoh berdi. Unga köra, muştlaşuv 9 sentabr kuni soat 21:00 lar atrofida sodir bölgan. Avvaldan bir-biriga taniş bölgan ikki fuqaro özaro gap talaşib, janjallaşgan. Jarayonga ularni ajratmoqçi bölgan boşqa fuqarolar ham qöşilgan. Hodisa videokuzatuv kamerasida qayd qilingan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi, ya’ni bezorilik bilan jinoyat işi qözğatilgan. Janjalda iştirok etganlar şahar IIB xodimlari tomonidan protsessual tartibda uşlangan.
Janjalda iştirok etgan barça şaxsga çora körilib, qonun ustuvorligi töliq ta’minlanişi ma’lum qilindi.













