Toşkent viloyati, Yangiyöl tumanida çumçuq göştidan kabob tayyorlagan çoyxona rahbari jazolandi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar berdi.

Qayd qilinişiça, şu mazmundagi xabar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgaç, holat Ekologiya boşqarmasi va Içki işlar boşqarmasi post-patrul xizmati xodimlari tomonidan örganilgan.

Örganiş davomida çoyxonada çumçuq göştidan kabob tayyorlanayotgani aniqlanmagan.

Çoyxona rahbaridan ijtimoiy tarmoqda tarqalgan holat yuzasidan tuşuntiriş söralganda, videolavhadagi holat ilgari mijozlar sonini köpaytiş maqsadida olingani ma’lum bölgan. Çoyxona rahbari hozir çumçuq göştidan kabob tayyorlaş holatiga yöl qöyilmayotganini aytgan.

Ta’kidlanişiça, çoyxona rahbariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 63-moddasi (Ğayriqonuniy ov, baliq ovlaş mahsulotini, yovvoyi holda ösuvçi ösimliklarni yiğiş va tayyorlaş mahsulotini qabul qilib oliş) 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilib, 4 mln 120 ming söm miqdorida jarimaga tortilgan.