Ma’lum bölişiça, 9 sentabr kuni soat 21.30 larda 29 yoşli fuqaro özining sinfdoşlari bilan şahar hududida joylaşgan töyxona hovlisida turgan vaqtida, unga avvaldan taniş bölgan 1997 yilda tuğilgan fuqaro boşçiligidagi bir guruh şaxslar davlat raqami özboşimçalik bilan yeçib olingan avtomaşinada kirib kelgan.

Şundan söng, fuqaro hamda uning şeriklari örtalarida bölgan nizo sababli, 29 yoşli fuqaroni qöl va oyoqlari bilan urib unga tan jarohati yetkazgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) 3-qismi «g» bandi bilan, jinoyat işi qözğatilib, olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida, jinoyat işiga aloqador bölgan şaxslar protsessual tartibda qölga olinib, ularga nisbatan «qamoqqa oliş« tarzidagi ehtiyot çorasi qöllandi.

Şuningdek, jinoyatda gumonlanuvçi, 2000 yilda tuğilgan şaxslarga nisbatan qidiruv e’lon qilinib, uşlaş çoralari körilmoqda.