O‘zbekiston | 11:30 / 09.01.2018
8645
3 daqiqa o‘qiladi

Cayohatda yursangiz ham .... omonatingiz haqida SMS-xabar olib turasiz!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017 yil 12 sentabrdagi Qarori bilan tijorat banklariga ularning resurs bazasini mustahkamlash, 2017-2021 yillarda bank depozitlari (omonatlar) hajmini 2,1 barobarga oshirish yuzasidan vazifalar yuklatilgan.

Mazkur Qaror talablariga muvofiq ATB “Qishloq qurilish bank” aholi omonatlari hajmini oshirish, aholi uchun yanada qulay shartlar asosida jozibali omonat turlarini ishlab chiqish, shu bilan birga bank omonatchilarini mavjud omonat mablag‘laridan samarali daromad olishlari hamda omonat mablag‘larini xavfsizligini ta'minlash yuzasidan qator zamonaviy xizmat turlarini joriy qilib kelmoqda.

Foto: Qishloq qurilish bank

Xususan, bank o‘z tajribasidan kelib chiqib omonatchilarning manfaatlarini himoya qilish va ularning bo‘sh pul mablag‘laridan muntazam daromad olishlarini ta'minlash maqsadida, mijozning omonat mablag‘larining asosiy qismini va oylik foizlarini olish, muddati kelgan omonatlarni qayta rasmiylashtirish ayrim sabablarga ko‘ra o‘z vaqtida amalga oshirilmaganida, ya'ni omonatchi:

- sayohatga chiqqanida;

- yodidan ko‘tarilganda;

- xizmat safariga ketganda;

- betob bo‘lganida omonatchilarga o‘z xohishlariga asosan, telefon orqali yoki “SMS-xabarnoma” xizmati orqali xabardor qilish dasturi joriy qilingan. Bunda omonatchilarga omonat mablag‘larining asosiy qismini, oylik foizlarni olish muddati kelganligi, omonatning asosiy muddati kelganda esa uni qayta rasmiylashtirish muddati kelganligi to‘g‘risida xabar yuboriladi.

Foto: Qishloq qurilish bank

Muhim jihati shundaki, omonatchi o‘z vaqtida omonati to‘g‘risida ma'lumotga ega bo‘ladi hamda tezkor omonatini boshqarish imkoni tug‘iladi.

“Qishloq qurilish bank” bu kabi zamonaviy xizmatlarni joriy etgan holda, o‘z mijozlariga yanada qulaylik yaratish va ularning muttasil daromad olishlariga sharoit yaratishni ko‘zlamoqda. Zero, biz uchun nafaqat bankimizning foyda ko‘rishi, balki mijozlarning ham daromad olishi muhimdir!

“Qishloq qurilish bank” – farovon hayotingiz xizmatida!

Qo‘shimcha ma'lumot uchun:

(+99871) 150-39-93, 150-72-58, www.qqb.uz

Bank axborot xizmati
Xizmatlar litsenziyalangan.
Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid