Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda qamoqda bo‘lgan firibgar farzandlari og‘ir kasal fuqarolarni aldab kelgan
Foto: on1.kg
Qirg‘izistonda bir necha marta sudlangan firibgar og‘ir kasal bo‘lgan bolalarning ota-onalarini xorijda bepul davolanish haqida va'da berib, chuv tushirib kelgan. Shu bilan birga, u firibgarlik uchun axloq tuzatish koloniyasida yetti yillik muddatni o‘tayotgan bo‘lgan, deb xabar bermoqda respublika Jazoni ijro etish davlat xizmati (JIDX) matbuot xizmati.
"JIDXning ichki xavfsizlik xizmati telefon firibgarini fosh etdi. U 47-ATKda muddatni o‘tayotgan bo‘lgan va jinoiy ishlarini davom ettirib kelgan. Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida bir necha marta sudlangan 30 yoshli T.K. aniqlandi, u firibgarlik va koloniyadan qochib ketgani uchun hozirda yetti yillik muddatni o‘tamoqda", - deya xabar berishgan matbuot xizmatidan.
Mahkama ma'lumotlariga ko‘ra, erkak jazoni ijro etish joyida bo‘lgani holda, har narsaga tayyor turgan ota-onalar bilan telefon orqali bog‘lanib, ularga davlatlararo dastur doirasida Turkiyada yuqori malakali bepul davolanishni va'da qilgan. Buning evaziga esa u sodda fuqarolardan pul, oziq-ovqat mahsulotlari va buyumlar talab qilgan, kamida uchta oila uning aldovlari qurboniga aylangan, deya xabar berishdi JIDXdan.
"Mahkum tomonidan telefon aloqasidan foydalanganlik holatiga yo‘l qo‘yib bergan 47-ATK xodimlariga nisbatan xizmat surishtiruvi o‘tkazilmoqda", - deya xabar berishdi mahkamadan. Ayni damda gumonlanuvchiga nisbatan materiallar JIDX tergov boshqarmasiga jinoiy ish qo‘zg‘atish uchun topshirilgan.
Mavzuga oid
08:28
Chegara orqali narkotik tashish bilan shug‘ullangan guruh fosh etildi
18:42 / 08.05.2026
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston sug‘orish suvini yetkazish jadvalini kelishib oldi
07:40 / 07.05.2026
Qirg‘iz-tojik-o‘zbek chegarasidagi «Do‘stlik» xalqaro savdo-iqtisodiy parki konsepsiyasi taqdim etildi
22:02 / 02.05.2026