Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon rahbari Yaponiyadan uzr so‘radi
Pentagon rahbari Jyeyms Mettis Yaponiya mudofaa vaziri Itsunori Onodera bilan telefon orqali muzokaralar davomida Tokiodan Amerika vertolyotlari bilan bog‘liq hodisalar uchun uzr so‘radi. Bu haqda NHK telekanali xabar bermoqda.
O‘z navbatida, yaponiyalik vazir Mettisni bundan buyon shunday hodisalar yuz bermasligi uchun choralar ko‘rishga chaqirdi.
Bundan tashqari, ular Janubiy Koreya va KXDR o‘rtasida boshlangan muzokaralarni muhokama qilgan. Onodera va Mettis Yaponiya, AQSh hamda Janubiy Koreya o‘rtasida KXDRga maksimal bosim o‘tkazish maqsadida qalin hamkorlikni davom ettirish lozimligini tasdiqlagan.
Eslatib o‘tamiz, 6 yanvar kuni AQSh harbiy vertolyoti Yaponiyaning Okinava prefekturasidagi Ikei oroliga favqulodda qo‘ndi. Hodisa Futemma shahridan uncha uzoq bo‘lmagan yerda yuz berib, vertolyot ochiq maydonga qo‘nishga majbur bo‘lgan.
Bu voqeadan ikki kun avval esa AQShning boshqa bir harbiy vertolyoti Okinava orolidagi mehmonxona yoniga favqulodda qo‘ndi.
Mavzuga oid
21:30 / 16.07.2026
Toyota 2027 yilgi Crown modelini namoyish etdi
08:44 / 07.07.2026
Dunyodagi eng tezkor vertolyotlar: yetti rekordchi ro‘yxati
17:54 / 30.06.2026
Milliy gvardiya va Pentagon ikki yillik hamkorlik rejasini muhokama qildi
10:18 / 29.06.2026