09:37 / 09.01.2018
5097

Trampning 2020 yilgi prezident saylovlarida ishtirok etishi ma'lum qilindi 

Foto: Getty images

AQSh prezidenti Donald Tramp 2020 yilgi saylovlarda ikkinchi muddatga prezidentlikka nomzodini qo‘yadi. Bu haqda jurnalistlarga Oq uy matbuot kotibi o‘rinbosari Xogan Gidli ma'lum qildi. 

“U aniq prezidentlikka nomzodini yana qo‘yadi”, deb aytgan Gidli.

Jurnalistlar undan Tramp “Oltin globus” kinomukofotlari topshirilishi marosimida taniqli teleboshlovchi Opra Uinfrining nutqini eshitgan-eshitmagani haqida so‘rashgan. Uinfrining nutqidan keyin AQShning bir qator ommaviy axborot vositalari teleboshlovchi 2020 yilgi saylovlarda ishtirok etish imkonini o‘ylayotgani haqida gap tarqatishgan. 

Gidli Tramp bu nutqni etishgan-eshitmaganidan bexabarligini, biroq “prezident Tramp bilan kim kurashishga qaror qilsa ham, u rekord qisqa muddatda xoh iqtisodiyotda, xoh ish o‘rinlari yaratish, soliqlarni qisqartirish va soliq islohoti, ish haqi oshirilishi, IShIDning mutlaq yakson qilinishida rekord muvaffaqiyatlarga erishgan prezident bilan to‘qnash kelishini” aytgan.   

Mavzuga oid
Top