Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Dunyoning eng kuchli pasportlari" reytingi yangilandi, O‘zbekiston o‘z o‘rnini yaxshiladi
9 yanvar kuni Henley & Partners kompaniyasi pasportlarning dunyoning turli mamlakatlariga vizasiz kirish imkoni bo‘yicha tasniflanuvchi yillik indeksini taqdim etdi. 2018 yilda dunyoning 200 mamlakat va hududlari tahlil qilib chiqildi.
So‘nggi besh yilda reytingning birinchi o‘rnini o‘zgarishsiz Germaniya egallab kelmoqda. 2018 yilda bu mamlakat pasporti bilan dunyoning 177 davlatiga vizasiz sayohat qilish mumkin bo‘ladi. Ikkinchi o‘rin Singapurga nasib etdi - 176 mamlakatga vizasiz kirish imkoniyati. Uchinchi pog‘ona biryo‘la uchta mamlakat o‘rtasida taqsimlandi: Buyuk Britaniya, Italiya, Fransiya. Ushbu mamlakatlar fuqarolari dunyoning 175 davlatiga vizasiz sayohat qilish imkoniga egalar. Ularning aksariyati bir yil ichida o‘z ko‘rsatkichlarini yaxshilashga muvaffaq bo‘ldi.
2018 yilgi reytingda Ukraina MDH mamlakatlari orasida birinchi, jahon indeksida esa 44-o‘rinni egalladi. Rossiya indeksda 48-pog‘onada qayd etildi va o‘z o‘rnini Moldova Respublikasi hamda Chernogoriya bilan bo‘lishdi. Bu mamlakatlar aholisi 110 mamlakatga vizasiz kirish imkoniga ega. MDHning deyarli barcha mamlakatlari bir yil ichida vizasiz kirishga doir ko‘rsatkichlarni yaxshilashga muvaffaq bo‘ldi.
Jumladan, O‘zbekiston o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlarini biroz yaxshilashning uddasidan chiqqan - joriy yilda u 83-o‘rindan 81 pog‘onaga ko‘tarilgan. Qozog‘iston reytingning 65-o‘rnida, Ozarboyjon esa 72-o‘rnida qayd etilgan.
Reytingdagi so‘nggi o‘rinda Afg‘oniston qayd etildi. Uning fuqarolari dunyoning 24 mamlakatiga vizasiz kirish imkoniga ega.
Dastlab Viza cheklovlari indeksi nomi bilan tanilgan Henley & Partners pasportlar indeksi (2018 yilda qayta nomlangan) 2006 yildan buyon IATA (Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi) bilan hamkorlikda taqdim etiladi.
Mavzuga oid
08:50 / 15.07.2026
Dunyoda yashash uchun eng qulay davlatlar reytingi ma’lum bo‘ldi
08:46 / 14.07.2026
Dunyoda eng ko‘p tankka ega davlatlar ma’lum qilindi
17:06 / 10.07.2026
Tanzila Norboyeva: Xalqaro reyting va indekslarda munosib o‘rin egallash - bu shunchaki raqam yoki statistika emas
20:56 / 06.07.2026