Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston-Tojikiston chegarasidagi «Samarqand-Panjakent» nazorat-o‘tkazish punkti ishi tiklanadi
Navro‘z bayrami arafasida O‘zbekiston-Tojikiston chegarasida sakkiz yil avval yopilgan «Samarqand-Panjakent» xalqaro nazorat-o‘tkazish punkti (NO‘P) ishi tiklanadi.
Bugungi kunda tomonlar NO‘Pni ochish bo‘yicha tayyorgarlik ishlarini olib bormoqda, chegara va bojxona nazorati ishi yo‘lga qo‘yilmoqda, chegaraoldi infratuzilmasi faol tayyorlanmoqda, deb xabar berdi «AP» Tojikiston hukumati kuch blogidagi manbaga tayangan holda.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Tojikistonni 2010 yilning 1 noyabridan Tojikistonning Zarafshon vodiysidagi Sarazmi va O‘zbekistonning Samarqand viloyatidagi Jartepani bog‘lab turuvchi, chegaradagi xalqaro o‘tkazish punkti o‘z ishini to‘xtatishi haqida xabardor etgan.
Ta'kidlanishicha, bugungi kunda Tojikistonning O‘zbekiston bilan chegarasida ikkita xalqaro NO‘P 24 soat davomida ishlamoqda.
Mavzuga oid
10:12 / 11.07.2026
O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasida raqamli bojxona nazorati joriy etiladi
20:20 / 06.07.2026
Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida korrupsiyaga qarshi maxsus operatsiyada o‘nlab xodimlar ushlandi
18:20 / 06.07.2026
Samarqand Markaziy Osiyoning «yashil shahar» namunasiga aylantiriladi
12:11 / 06.07.2026